• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sharq tilshunosligi ilmiy markazi

 Toshkent davlat sharqshunoslik institutida tashkil etilgan “Sharq tilshunosligi” ilmiy markazi bugungi kunda bir necha yo‘nalishlarda faoliyat yuritmoqda. Ilmiy markaz har oyda bir marotaba o‘z yig‘ilishini o‘tkazadi. Unda loyihalar rahbarlari va 14 kishidan iborat ishchi guruh muntazam qatnashib kelmoqda. Professor O.N.Shomatovning umumiy rahbarligida markaz a’zolari tomonidan sharq tilshunosligining muhim qirralarini tadqiq etishga qaratilgan  ilmiy loyihalari ustida izlanishlar olib borilmoqda.

Ular:

  1. Hindistonda yaratilgan o‘rta asrlarga tegishli hindcha-arabcha-forscha lug‘at ustida tadqiqot ishini olib borish va uning nashrini amalga oshirish. O.Shomatov (loyiha rahbari) M. Abdurahmonova,T. Sh. Qodirov, A.Vohidov.
  2. Ilk o‘rta asrlarda buddizmning Markaziy Osiyo va Uzoq Sharqqa yoyilishi hamda turkiycha-hindcha-xitoycha-koreyscha-yaponcha buddaviy ta’li¬moti atamalari lug‘atini tuzish. Q.Sodiqov (loyiha rahbari), O.Shomatov, S.Nosirova, N. Kim, Z. Ziyamova.
  3. Turkiy, arab, fors va hind xalqlari munosabatlarining etnosotsio¬ling¬vistik aspektlari. A.Quronbekov (loyiha rahbari), O.Shomatov, Q. Sodiqov, M.Nosirova, S. Nurmatov.
    4. Markaziy Osiyo, Uzoq Sharq, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi mintaqaviy aloqalarning lingvokulturologik masalalari. O.Shomatov (loyiha rahbari), Q.Omonov, N. Kim. A. Karimov, S.Rustamiy, H.Olimova, Sugano R.

Shuningdek, mazkur markaz filologiya va tillarni o‘qitish (tillar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi va lingvistika mutaxassisliklarida fanlarni yaxlitlashtirish, optimallashtirish va uzviylik hamda uzluksizlik yuzasidan “Olimlar kengashi” bilan birgalikda takliflar ishlab chiqadi. Q.Sodiqov (mas’ul) A. Quronbekov, X. Islomjonova, Q. Omonov.

Muntazam ravishda tashkil etiladigan ilmiy seminarlar va hozirgi lisoniy tafakkur muammolariga bag‘ishlangan turli yig‘inlar orqali yosh o‘qituvchi, stajyor-tadqiqotchilar malakasini oshirib borish rejalashtirilgan.  Shunga ko‘ra Sharq tilshunosligining nazariy va funda¬men¬tal masalalariga, ularning metodologik muammolariga qaratilgan naza¬riy seminarni tashkil etish,  ushbu seminarga sohaning eng yetakchi mutaxas¬sis¬larini ma’ruzachi sifatida taklif etib borish ko‘zda tutilgan.

Mamlakatdagi turdosh oliy o‘quv yurtlari va chet ellardagi ilmiy markazlarida faoliyat yuritayotgan tilshunos mutaxassislarni taklif qilish va ularning ilmiy yutuqlari bilan tajriba almashish masalalarida ham markazning rejalari  mavjud.

ToshDShI bakalavr va magistrlarining til bilimi darajasini oshirish ehtiyojdan kelib chiqqan holda, sharq tilshunosligiga bag‘ishlangan eng nufuzli darsliklar va ilmiy ishlarni o‘zbek tiliga doimiy ravishda tarjima qilish ishlarini yo‘lga qo‘yish hamda tilshunoslik va sharq tilshunos¬ligi¬ning nazariy masalalariga qaratilgan o‘quv qo‘llanmalarini yaratish masalasida muayyaan ishlar rejalashtirilgan. Shunga ko‘ra MDU qoshidagi OAXI professori V.A.Kocherginaning sharq tillari materiallariga asoslangan “Til bilimiga kirish” kitobini o‘zbek tiliga o‘girish bo‘yicha loyiha ishi dots. Q.Omonov rahbarligida X.Islomjonova, X.Hamidov, X.Alimovalar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, mazkur yo‘nalishda quyidagi loyihalar bajarilmoqda: ToshDShI bakalavrlarining til bo‘yicha boshlang‘ichlik nazariy bilim darajasini oshirish maqsadida sharq tillari materiallari asosida “Tilshunoslikka kirish” o‘quv qo‘llanmasini yaratish. Q. Omonov (loyiha rahbari), A. Rustamov,X. Islomjonova,S.Hoshimova, S.Nurmatov.

Sharq tilshunosligi bo‘yicha ilmiy maktablar yaratish, sohaga yosh, iqtidorli tadqiqotchilar va magistrantlarni jalb etish ishiga markazning eng asosiy vazifalaridan biri sifatida qaralmoqda.

 

27.08.2018, 19:03 4250

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: