Xamsa intellektual o’yini
Toshkent davlat sharqshunoslik institutida O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda Xamsa intellektual o’yini tashkilotchilari bilan hamkorlikda ilk bora o’zbek tilida Xamsa intellektual o’yini tashkil etildi. Yoshlar orasida tobora ommalashayotgan ushbu o’yin o’z atrofiga yuzlab intellektual o’yin shaydolarini jamladi. Turnirda 20 dan ortiq jamoalar ishtirok etishdi. Dastlab saralash bosqichi o’tkazilib unda eng kuchli 8 jamoa yarim finalga yo’l oldi. Shiddatli o’tgan yarim finalda jamoalar ochkolar hisobida bir birlaridan o’zib ketishga harakat qilishdi. Lekin finalga faqatgina 4 ta jamoa yo’l oldi. Finaldagi savollar avvalgi bosqichlardan biroz murakkabroqligi va qiziqarliligi bilan ajralib turdi. Murosasiz kechgan final raundida eng ko’p ochko jamlagan DC jamoasi oltin medallarni hamda turnirning bosh kubogini qo’lga kiritdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: