Yosh olimlar KENGASHIning navbatdagi yig‘ilishi
Joriy yilning 22-iyun kuni Toshkent davlat sharqunoslik institutida bo‘lib o‘tdi. Unda tadqiqotchilar tomonidan filologiya, tarix, siyosat, iqtisod sohasida olib borayotgan ilmiy izlanishlari bo‘yicha “Web of Science” “Scopus” – halqaro nufuzli ilmiy adabiyotlar, jurnallar, kitoblardan keng foydalanish imkonini beradigan tizimga obuna bo‘lib, uning ilmiy bazasidan qanday foydalanilayotganliklari haqidagi slayd-taqdimot namoyish qilindi.
Bu tizimga obuna bo‘lish institutimiz tadqiqotchilarining dunyodagi elektron ilmiy-ta’lim resurslaridan erkin foydalanishga, ilmiy maqolalarini nufuzli xalqaro jurnallarda chop etishiga imkoniyat yaratdi. Buning samarasida “Xorijiy sharq mamlakatlariadabiyoti” kafedrasi doktoranti, filologiya fanlari nomzodi Shahlo AHMEDOVAning“Narrative proze in the arab countries of the persn Gilf and features of its accelerated development ” hamda “Yapon filologiyasi” kafedrasi tadqiqochisi Nodira XOLMURZAYEVAning“The problem in translation from Japanese to Uzbek in the novel ≪A Wild Sheep Chase≫ -Focusing on Politeness” mavzuidagi ilmiy maqolalari Oksford universitetining (Oxford University Press, ISSN 1523-9012; EISSN 1752-6566) nufuzli halqaro ilmiy jurnalida nashr qilinib, mazkur ilmiy maqolalar“Scopus”halqaro ma’lumotlar bazasiga kiritildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: