• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga kirish uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi

09.08.2018, 17:25 Yangiliklar 3398

Shu kunlarda respublikamiz bo‘ylab oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lish ishtiyoqidagi minglab yoshlar test sinovlarini topshirmoqdalar. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan qabul jarayonlariga kiritilgan ijobiy o‘zgarishlar, imtihonlarning adolatli va shaffof tarzda olib borilayotgani, kuzatuv kamerali orqali namoyish etilishi va eng asosiysi imtihon natijalarining 1 kundan so‘ng e’lon qilinayotganligi barchani xursand qilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda abiturientlar uchun barcha sharoitlar yaratilib, ulardan talab etilayotgani faqatgina bilim bo‘lib qolmoqda.

Bugungi kunda innovasion fikrlovchi, faol, tashabbuskor, xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan va eng asosiysi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha mustahkam bilimga ega yoshlarga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ko‘ra yuqoridir. 5 avgust kuni mana shunday yoshlarni yetkazib beruvchi mamlakatimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti kunduzgi ta’lim yo‘nalishlariga test sinovlari bo‘lib o‘tdi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, 2018-2019 o‘quv yili Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga abiturientlardan jami 3456 nafar arizalar kelib tushgan. Shundan muddatli harbiy xizmatni o‘tagan hamda harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega abiturientlar soni 82 nafarni tashkil qildi. 46 nafar abiturient harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun berilgan imtiyoz asosida hujjat topshirgan bo‘lsa, 1 nafar abiturient hujjatlari harbiy xizmatchilarning farzandlariga ajratilgan tanlovsiz davlat granti asosida o‘qishga kirish imtiyozi bilan qabul qilindi. Shuningdek, 2 nafar fan olimpiadasi g‘olibi hamda 10 nafar horijlik fuqarolar institutda o‘qish istigini bildirdi. Barcha abiturientlardan 147 nafari xorijiy sharq tillaridan ijodiy imtihon topshirgan bo‘lsa, 123 nafar abiturient Davlat test markazining chet tilidan bilimni tasdiqlovchi sertifakatiga ega.

6 ta hudud, 10 ta binoda o‘tkazilgan test sinovlari adolati va shaffof o‘tishi uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Test sinovlaridan chiqqan barcha abiturientlar test jarayoni yaxshi tashkil etilgani, sinov jarayonida hech qanday ko‘ngilsiz yoki shubhali holat sodir bo‘lmaganini aytib o‘tdilar. Davlat test markazining Respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan test sinovlarining beshinchi kuni natijalari haqida bergan ma’lumotlariga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali davlat granti bo‘yicha – 184,8 ball bo`lib, Toshkent davlat sharqshunoslik institutining “Jahon siyosati (mintaqalar bo’yicha)” ta’lim yo‘nalishida qayd etildi. To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o`tish bali – 164,1 ball bo`lib, ushbu ko`satkich institutimizning “Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha)” ta’lim yo‘nalishida qayd etildi.

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: