Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga Bangladeshning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mosud Mannon rasmiy tashrif buyurdi.
20-avgust kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga Bangladeshning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mosud Mannon rasmiy tashrif bilan keldi. TDSHI rektori Rixsiyeva Gulchexra Shavkatovna elchi janoblari bilan brifing o’tkazib, unda ta’lim sohasiga doir bir qancha muhim masalalar ko’rib chiqildi. Jumladan, TDSHI bilan Bangladesh universiteti o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumini imzolash haqida taklif qabul qilindi, ikki davlat orasida o’zaro tadqiqotchilar almashinuvini yo’lga qo’yish hamda Bangladesh Osiyo jamiyati bilan TDSHI o’rtasida maxsus ilmiy hamkorlik o’rnatish borasida kelishib olindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: