To’lov-kontrakt borasidagi islohotlar
16 sentabr kuni ToshDSHIning barcha fakultetlarida fakultet dekanlari va kafedra mudirlari boshchiligida 1-3-kurs talabalari bilan to’lov-kontrakt masalasi yuzasidan uchrashuv tashkillashtirildi. Uchrashuv davomida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligining 87-03-3321 raqamli xatida belgilangan vazifalar, xususan, 2019-2020 o’quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarida o’qitishga sarflanadigan xarajatlarning qisman qoplanishini nazarda tutuvchi ijtimoiy himoyalangan bazaviy to’lov-kontrakt miqdorlari belgilanganligi, shu bilan birga, talabalarga to’lovlarni amalga oshirishda qulaylik yaratish, bu maqsadda aholiga kontrakt summalarini oyma-oy bo’lib to’lash imkoniyati berilganligi, stipendiyali va stipendiyasiz o’qish, iqtidorli talabalarni rag’batlantirish maqsadida stipendiya tayinlash bo’yicha bir qator yangiliklar kiritilganligi haqida ma’lumot berildi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga to’liq javob oldilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: