• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Talabalar bilan ochiq muloqot davom etmoqda

28.11.2017, 09:22 Yangiliklar 3647

Joriy yilning oktabr-noyabr oyida Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Rektor boshchiligida professor-o‘qituvchilar va fakultetlarning baracha talaba-yoshlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, fakultetlar rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, Yoshlar ittifoqi institut BT yetakchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda institut Rektori filologiya fanlari doktori, professor A.Mannonov talaba-yoshlarni institutda amalga oshirilayotgan ishlar, mazkur institutning o‘z an’analari, bu yerda kamol topgan mashhur ustoz sharqshunoslar to‘g‘risida, oldingi o‘quv tizimi bilan hozirgi o‘quv sharoitlari o‘rtasidagi keskin farqlar, hozirda Respublika rahbariyatining yoshlarga ilm olishlari uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar hamda institutda olib borilishi rejalashtirilayotgan ta’mirlash ishlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, Rektorimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi yuzasidan talaba-yoshlar bilan o‘z fikr mulohazalarini o‘rtoqlashdi.
So‘zga chiqqanlar yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ta’lim muassasalarida bunday holatlarni bartaraf etish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilayotganligini takidladilar.
Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan institut Rektoriga murojaat etib, tegishli javoblar oldilar.

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: