O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, Navoiy va Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari tanlovining birinchi (institut) bosqichi
26.06.2018 da institutimizda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, Navoiy va Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari tanlovining birinchi (institut) bosqichi o’tkazildi. Test jarayonida institutimizning barcha fakultetlaridan 9 nafar talaba va magistrantlar ishtirok etishdi. Birinchi bosqichning birinchi turida nomzodlar O’zbekiston tarixi, informatika va axborot texnologiyalari, chet tili (ingliz tili) dan test topshiriqlarini bajardilar. Test natijalariga ko’ra eng yuqori ballarni qo’lga kiritgan nomzodlar 2-turga (suhbat) o’tkaziladi. Davlat stipendiyalari tanlovining 2-bosqichida ishtirok etuvchi nomzodlar test, suhbat hamda ilmiy-ijodiy ishlar salmog’iga ko’ra aniqlanadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: