• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Jinoyatlarning kelib chiqish sabablari” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi

22.11.2018, 16:01 Yangiliklar 2948

Joriy yilning 21 noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Madaniyat saroyida “Jinoyatlarning kelib chiqish sabablari”, “Jinoyatchilikka mening munosabatim”, “Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid” va “Huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olish” kabi mavzularda soha mutaxassislari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Ushbu tabdirda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti prorektori I.Bekmuratov, Mirobod tumani IIB Voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik S.Zayniddinov, Mirobod tumani ichki ishlar idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik M.Sadullaev, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Sharq filologiyasi fakulteti dekani muovini dotsent Dj.Shabanov hamda 350 nafar talaba-yosh qatnashdi. Tadbirda Prezidentimizning bevosita rahbarligi va tashabbuslari asosida fuqarolarning tinch va farovon hayot kechirishini ta’minlash, ayniqsa yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ro‘y berishi mumkin bo‘lgan jinoyatchiliklarga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar, yoshlarga doir Davlat siyosati va uning mohiyati, hukumatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilgan keng imkoniyatlar, bu borada yoshlarning o‘z xalqiga, Vataniga sadoqatda va xurmatda bo‘lishga chaqirildi. Tadbirda so’zga chiqqan S.Zayniddinov jinoyat uchun jazo muqararligi, jazoning turlari, Jinoyat kodeksidagi ayrim moddalar sharhi va mohiyatini talabalarga tushuntirib berdilar. Ta’lim muassasalarida yoshlar o‘rtasida mas’uliyatsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyatlar va ularning turlari haqida aniq misollar bilan gapirib o‘tdilar. Jinoyat o‘z-o‘zidan sodir etilmaydi. Asosiy masala jinoyatlarning oqibatlari bilan kurashish emas, balki barvaqt oldini olish, sodir etishga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarni o‘z vaqtida bartaraf etishdan iboratdir. Tadbir so‘nggida soha mutaxassislari talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar.

IMG_2256 IMG_2257

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: