“Diniy bag’rikenglik va mallatlararo totuvlik” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17- sentabrdagi “Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 736-sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturning 16-bandida talaba-yoshlar o‘rtasida diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish maqsadida tizimli ravishda diniy ulamolar bilan uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish vazifasi belgilangan bo‘lib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida manzilli uchrashuvlar jadvali ishlab chiqilgan.
Shu munosabat bilan 2018 yilning 8-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Madaniyat saroyi”da “Diniy bag’rikenglik va mallatlararo totuvlik” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirda Shayxontohur tumani Firdavs jome masjidi imom xatibi Sattorov Bahtiyor, institut rahbariyati, professor-o’qituvchilar va talaba yoshlar ishtirok etishdi.
Davra subbatida diniy bag’rikenglik, vijdon erkinligi, millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ta’minlash masalalari haqida suhbatlashildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: