8 – dekabr O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi kuni
2018-yilning 5-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati fakultetida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilinganining 26-yilligi munosabati bilan tadbir uyushtirildi. Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti “Davlat va huquq nazariyasi va tarixi” kafedrasi o’qituvchisi Muxamedov Xaydarali Meliyevich “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – demokratik huquqiy davlat poydevori” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida bosh qomusimizning davlat va jamiyat boshqaruvi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, iqtisodiyotni isloh qilish, umuman har jabhadagi o’zgarishlar, islohotlarni amalga oshirishdagi, shuningdek, huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurishdagi roli haqida so’z yuritildi.
Tadbir davomida “Konstitutsiya bilimdoni” viktorinasi o’tkazilib, unda XMIM yo’nalishi 1-bosqich yapon-ingliz guruhi talabasi Bahromov Muhammadali hamda Jahon siyosati yo’nalishi 3-bosqich ingliz-pushtu guruhi talabasi Jo’rayev Sardor g’olib bo’ldi. G’oliblarga esdalik sovg’alari berildi va Jo’rayev Sardor o’zining Konstitutsiyamizga bag’ishlangan she’ri bilan chiqish qilib, barchaning ko’nglidan joy oldi.
Ma’ruza yakunlangach “Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri D.Sayfullayev mehmonga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, bu kabi tadbirlarning o’tkazilishi talabalarning bilimi va dunyo qarashini o’stirishga katta yordam berishini ta’kidladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: