• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Janubiy va Janubiy Sharqiy Osiyo tillari kafedrasi

muhibova-ulfathon MUHIBOVA ULFATXON UCHKUNOVNA
Ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari doktori, professor
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +99894 644 30 37
E-mail: ulfatmuhib8@mail.ru

O‘rta Osiyoda Hindistonga bo‘lgan qiziqish qadim-qadimlarga borib taqaladi. Hindshunoslik ilm sifatida shakllanganiga 70 yildan oshdi. Hindiston mustaqilligi bilan tengdosh Hind filologiyasi kafedrasiga 1947 yilda asos solingan. O‘tgan yillar mobaynida kafedra 1000dan ortiq mutaxassislarni yetishtirib chiqardi.

Bu yerda nafaqat MDX davlatlarining balki Polsha, Germaniya, Bolgariya, Monogoliya, Kuba va Vetnam kabi mamlakatlar vakillari ham tahsil olganlar.

Shu sabab mutaxassislar bilan almashish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va o‘tgan davrlar mobaynida kafedrada Hindistondan J.Sarkar, Qamar Rais, B.N.Tivari, X.A. Farukx, K.U. Xashimi, Muxammad Amin kabi yetuk mutaxassislar ishlab ketganlar.

Toshkentda hindiy tili o‘qitiladigan L.B.Shastri nomidagi 24-o‘rta maktab (Shastri xaykali 1974 yil o‘rnatilgan) bor. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi akdemlitseyda ham hindiy tili o‘qitiladi.  Hindiy tili qo‘shimcha til sifatida O‘zbekiston davlat Jahon tillari universitetida ham o‘qitiladi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida hindiy tili, Hindiston xalqlari adabiyoti, tarixi, falsafasi, iqtisodi va tashqi siyosatini nazariy va amaliy jihatdan puxta o‘ranish uchun ko‘pgina ishlar amalga oshirilgan, xususan, maktab, litsey va oliygoh talabalari uchun alohida uslubiy qo‘llanmalardan tortib, xrestomatiya, lug‘atlar, darsliklar (maktab va litseylar uchun oxirgi 5 yilda 5 ta, oliygoh talabalari uchun 15 ta darslik nashr etilgan), shuningdek, ilmiy maqolalar hamda jiddiy monografik tadqiqotlar (50 ga yaqin monografiya chop etilgan) yaratilgan, uchta xindiycha-o‘zbekcha lug‘at nashr ettirilgan.

Kafedraning til o‘qitish doirasini kengaytirish maqsadida (bengali, pandjobi, nepali, indonez,  malay va vetnam tillari) 1994 yilda Hind filologisi kafedrasining nomi “Janubiy Osiyo tillari kafedrasi” deb o‘zgartirildi.  2019 yil sentabr oyidan esa kafedra “Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo tillari kafedrasi” nomi bilan o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Shu kungacha kafedra lingvistika, adabiyotshunoslik, tarix va falsafa sohalari bo‘yicha 50ga yaqin fan nomzodlari va fan doktorlarini yetishtirib chiqardi va ular bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining turli jabhalarida faoliyat yuritib kelmoqdalar.

O‘zbekistonda hindshunoslikni rivojlantirish maqsadida 2006 yilda kafedra mudiri professor, f.f.d. Ozod Shamatov Hindiston elchixonasi bilan hamkorlikda Maxatma Gandi nomli Hindshunoslik markaziga asos soldi.  Unda doimiy ravishda o‘qituvchilar va talabalarning ilmiy jumanlari, seminarlar, turli uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Seminarlar Hindiston elchixonasi va L.B.Shastri nomidagi Hind madaniyat markazi bilan hamkorlikda tashkil etilai.

Bugungi kunda oliy ta’lim dargohlari, maktab va litseylarda jami 700dan oriq o‘quvchi va talabalar hindiy tilini o‘rganadilar.

O‘zbekistonda, Hindiston adabiyoti namunalari o‘zbek tiliga o‘giriladi. Jumladan, 1961 yilda Tagor  Nobel mukofotiga savzovor bo‘lganligining 100 yilligi munosabati bilan Tagor asarlarining besh jildlik kitobi rus tilidan o‘zbek tiliga o‘girib nashr ettirildi, o‘zbek hindshunoslari tomonidan Premchand, Krishan Chadar, Yashpal asarlari, mashxur Ramana va Mahabxarata eposlari, ertak va masallardan Panchatantra. Xitopadesha, tamil romannavisi Chinnapa Bxaratining Pavlayi romani o‘zbek tiliga o‘girilgan va nashr ettirilgan “Maxabxarata” va “Ramayana” seriallari tarjimon Amirulla Fayziyev tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinib O‘zbekiston tel kanallarida namoyish etildi. Shuningdek, M.Gandining “Mening xayotim” nomli kitobi ham 2010 yilda tarjimon A.Fayzullayev tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan

Hindiston bilan ilmiy va madaniy aloqalarni yaxshilash maqsadida 2018-2019 yilda TDShUga Hindistonning J.Neru universiteti uch nafar professori taklif etildi. Shuningdek, 2019 yil sentabr oyida bizning universitetda M.Gandi tavlludining 150-yilligiga bag‘ishlangan “Xalq diplomatiyasi M.Gandi falsafi qarashlarida” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarning tashkilotchilari ShOSning O‘zbekistondagi vakili bo‘lgan “Xalq diplomatiyasi Markazi”, Hindistonning Toshkentdagi elchixonasi bo‘ldi. Seminarda elchixonaning diplomatik korpusi vakillari, Xorij bilan do‘stlik aloqalari Kengashi (KMODS pri RUz),  Hindiston tomonidan L.B.Shastri nomidagi Menejment instituti Raisi Anil Kumar Shastri,   Gandi Forumining yetakchi mutaxassisi Shobxana Radxakrishnan va boshqa hindshunoslar ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Hindiston do‘stlik va madaniy aloqalari respublika Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yilda Hindistonning Gujarot shtatiga qilgan rasmiy safaridan keyin yana yangi kuch bilan rivojlana boshladi. Ushbu safar chog‘ida ko‘pgina kelishuvlarga imzo chekildi, shuningdek, ta’lim tizimida ham, mana shu kelishuvlar asosida bizning universitet Hindistonning Dehli, Jamiya Milliya hamda Gujarat universitetlari bilan o‘zaro kelishuv Memorandumini imzoladi.  Mana shu Memorandum asosida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Gujarot universteti o‘rtasida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma darajalar (Double degree) olish bo‘yicha muzokaralar boshlangan.

O‘zbek hindshunoslari Respublikaning diplomatiya va boshqa turli sohalariga tegishli davlat idoralarida rahbarlik lavozimida faoliyat olib borib, O‘zbekistonning Xorij bilan aloqalarini rivojlantirish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Jumladan, F.Teshaboyev ko‘p yillar O‘zbekistonning elchisi yoki vakili sifatida Hindiston, Angliya, Amerika va BMTlarda faoliyat yuritgan. T.Xolmirzayev O‘zbekistonning Hindistondagi vakolatxonasida, Pokistondagi elchixonasida ko‘p yillar ish olib borgan.

Ko‘pgina hindshunos olimlar O‘zbekistonda hindshunoslikni rivojlantirishga qo‘shgan hissalari, shuningdek, diplomatik faoliyatlari uchun Hindiston va boshqa mamlakatlarning oliy sovrinlariga sazofor bo‘lganlar, jumladan, falsafa fanlari nomzodi F.Teshaboyev (1988y.) Hindistonning J.Neru nomli Xalqaro mukofotiga, Amerikaning Tennisi shtati gubernatorining “Ezgulik elchisi” nomli maxsus faxriy unvoniga, Amerika Kaliforniya shtati Ilm va madaniyat Akademiyasining faxrli a’zosi bo‘lgan; filologiya fanlari doktori, professor Ozod Shamatov (2014)y. hamda taniqli tarjimon Amirulla Fayziyev (2020y.) Hindiston hukumatining Jorj Grirson mukofoti bilan taqdirlangan; filologiya fanlari doktori, professor Ulfatxon Muhibova (2007 y.) hamda Sirojiddin Nurmatov (2017 y.) Hindstonning Madaniy aloqalar Konsulligi (ICCR) tomonidan “Hindiy tilini rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” nomli mukofotga sazovor bo‘lganlar.

Xozirda ko‘pgina bitiruvchilar O‘zbekistonning tashqi ishlar Vaziligida, Strategik tadqiqotlar institutida, O‘zbekistonning Xorijiy davlatlardagi elchixonalarida, O‘zbekiston havo yo‘llarida, O‘zbeiston Fanlar Akademiyasi qoshidagi Sharqshunoslik institutida va boshqa turli rasmiy tashkilotlarda faoliyat yuritib O‘zbekistonning har tomonlama rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR:

Bakalavriyat

  • Asosiy sharq tili (hindiy, urdu, malay, indonez va vetnam)
  • Asosiy sharq tili fonetik tizimi
  • Asosiy sharq tilining yozuv tizimi
  • Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti
  • Qo‘shimcha sharq tili (hindiy, urdu, malay, indonez va vetnam);
  • Asosiy sharq tili leksikologiyasi
  • Ommaviy axborot vositalari tili
  • Asosiy sharq tilida ish yuritish amaliyoti
  • Ilmiy ish asoslari
  • Nazariy grammatika
  • Sinxron tarjima amaliyoti

Magistratura

  • Mutaxassislikning nazariy masallari
  • Mutaxasislikka oid maxsus adabiyot tahlili
  • O‘rganilayotgan til stilistikasi
  • O‘rganilayotgan til tarixi
  • Hindiston xalqlari etnografiyasi
  • Hind-oriy tilshunosligiga kirish
  • O‘rganilayotgan mamlakatda til vaziyati va siyosat
  • Ilmiy va adabiy matn taxriri
  • Urdu tilida arab-fors elementlari
  • Publitsistik matn tili

Kafedraning hamkor tashkilotlari

  • B.Shastri nomidagi 24-o‘rta maktab
  • TDShU qoshidagi Yunusobod akademlitseyi

Kafedraning Xalqaro hamkorligi

  • Hindiston Gujarat universiteti
  • Hindiston Javaharlal Nehru universiteti
  • Hindiston Dehli universiteti
  • Hindiston Jamiya Milliya universiteti
  • Markaziy Hindiy tili Instituti
  • Indoneziya universiteti
  • Indoneziyaning Gunadarma universiteti
  • Indoneziyaning Malang Islam universiteti
  • Malayziya Pendidikan Sultan Idris universiteti

photo_2020-07-02_23-51-13

03.07.2020, 00:05 2282

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: