• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Institut rahbariyati ota-onalarni hamkorlikka chorlamoqda

27.02.2017, 14:53 Yangiliklar 4347

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rahbariyati 2017-yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlanishidan kelib chiqqan holda belgilangan reja asosida talabalarning ota-onalari bilan doimiy ochiq muloqotlar o‘tkazib kelmoqda. Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi 2017-yil 25-fevral kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Sharq filologiyasi fakultetida ta’lim olayotgan talabalarning ota-onalari ishtirok etdilar.
Majlis avvalida institut rektori filologiya fanlari doktori, professor A.Mannonov so‘z olib, mamlakatimiz ilm-fan sohasida institut, xususan, Sharq filologiyasi fakultetining tutgan o‘rni va mavqe xususida alohida to‘xtaldi. Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida kechayotgan istiqbolli o‘zgarishlar va yangiliklar bilan ota-onalarni tanishtirdi. Yoshlarga oid davlat siyosatining institut miqyosidagi ijrosi, bu borada institut rahbariyati va ota-onalar oldida turgan muhim vazifalar to‘g‘risida so‘z yuritdi hamda o‘quv fanlarini yanada takomillashtirish masalalari bo‘yicha ota-onalarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob qaytardi.
Shundan so‘ng fakultet dekani Q.Omonov yakunlangan qishki semestr natijalariga doir hisobotni yig‘ilganlar e’tiboriga havola etdi. Ota-onalarni o‘z farzandlarining darslardagi ishtiroki va yangi bilimlarni o‘zlashtirishini nazorat qilishda institut rahbariyati tomonidan ishlab chiqilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi. Jumladan, institut kirish-chiqish yo‘lagiga maxsus to‘siq — turniketlar o‘rnatilib, har bir talaba ID-guvohnoma bilan ta’minlangani va bu orqali talabaning davomati elektron tarzda nazoratga olinishi yo‘lga qo‘yilganligi o‘z navbatida uning ota-onasi bilan ma’lumot almashishda qulaylik yaratganini aytib o‘tdi.
Ochiq muloqot ruhida o‘tkazilgan majlis mobaynida institut Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sh.Aripov ham so‘zga chiqib, institut ma’naviy-marifiy hayotida talaba-yoshlarning ishtiroki, ularning yutuq va kamchiliklari, institut hududida talabalar uchun me’yoriy tarzda o‘rnatilgan kiyinish odobi va unga rioya etilishi kabi masalalarga ota-onalar diqqatini qaratdi. Qolaversa, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni moddiy-ma’naviy rag‘batlantirish, xorij mamlakatlarining nufuzli oliy o‘quv yurtlarida bilim va malakalarini oshirish yo‘nalishida erishilgan yutuqlari to‘g‘risida ham alohida to‘xtalib o‘tdi.
Har tomonlama samarali muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida institut ma’naviy-marifiy hayotida faol ishtirok etib, o‘z ilmiy salohiyati va iqtidorini namoyish eta olgan bir guruh talabalarning ota-onalariga institut rahbariyatining tashakkurnomalari topshirildi.

Sharq filologiyasi fakulteti

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: