• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ilm-fan 2020

TDSHI professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va talabalari uchun Scopus va ScienceDirect xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniyatlarini yaratish borasida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G.Rixsiyev hamda Innovatsiya markazi rahbari M.Qalandarov rahbarligida fakultetlar kesimida va kafedralarda mazkur bazalarning imkoniyatlari va ulardan foydalanish yo‘llari  yuzasidan bir qator seminar treninglar tashkil etib kelinmoqda.  Shuningdek, Scopus va Science Direct mas’ullari Yu.Aspanova,                    O‘.Sertdemir bilan 17 aprel kuni seminar trening o‘tkazilgan. Institut kengashining yig‘ilishlarida muntazam ravishda mazkur bazalar ulardan foydalanish bo‘yicha masalasi muhokama qilib boriladi.

Institut rektorining 2018 yil 14 iyundagi 05-14-sonli buyrug‘i asosida xalqaro bazalardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida “Maslahat markazi”ni tashkil etilib, har bir fakultet uchun moderatorlar belgilangan.

Scopus va Science Direct, Web of Science, Springer kabi xalqaro baza va kutubxonalarning mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan respublika miqyosidagi Forumlarda TDShI doktorantlar va tadqiqotchilari ham qatnashib sertifikatlarga ega bo‘lishmoqda.

2018 yil 22 iyun kuni doktorantlar o‘z sohalari va mavzulari yo‘nalishida xalqaro bazalardagi ilmiy jurnallar, ulardan foydalanish va  talablarga ko‘ra ilmiy maqola tayyorlash va topshirish  bo‘yicha taqdimotlari tashkil etilgan.

Ularning o‘zlari faoliyat yuritayotgan kafedralarida  alohida taqdimotlarni o‘tkazishi zarurligi va o‘qituvchilarga uslubiy yordam ko‘rsatishlari vazifa sifatida belgilangan.

Elsevier kompaniyasi bilan hamkorlikda TDShIdan professor-o‘qituvchi va yosh tadqiqotchilar uchun seminar trening o‘tkazish kelishib olingan.

Elsevier kompaniyasi bilan elektron ma’lumotlar bazasi resurslaridan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqildi.

Xalqaro bazalardan foydalanish va xalqaro jurnallarda maqola chop etish bo’yicha yo’riqnoma

Xalqaro bazalardan foydalanish bo’yicha videorolik

 

002 003 photo_2018-06-27_23-57-57 photo_2018-06-27_23-57-55

28.11.2019, 21:09 4958

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: