“Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari”
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Jahon siyosati, tarix va falsafa fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida “Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti prorektori Sh.Aripov, Mirobod tuman imom xatibi Odil qori, Toshkent shahar Mirobod tumani IIB Terrorizmga qarshi kurash bo‘limi tezkor vakili M.Mamarasulov, Jahon siyosati, tarix va falsafa fakulteti dekani I.Bekmuratov hamda fakultet proessor-o‘qituvchilari, Yoshlar ittifoqi fakultet sardorlari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda bugungi kun Yaqin Sharq va boshqa hududlardagi qator mamlakatlardagi chuqur siyosiy tanglik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik va qurolli to‘qnashuvlarhaqida fikr yuritildi. Ijtimoiy tarmoqlar va internetdagi turli salbiy axborotlar girdobiga tushib qolmaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida “XXI asr fitnasi” nomli hujjatli film namoyish etildi.
Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tushunarli va ogohlikka da’vat etgan holda javob berdilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: