Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
KAMILOVA MASHKURA | ||
Ilmiy darajasi va unvoni: | iqtisod fanlari nomzodi, dotsent | |
Lavozimi: | Kafedra mudiri | |
Qabul vaqtlari: | Har kuni (14:00-16:00) | |
Tel.: | +99890 933 30 97 | |
E-mail: |
Kafedra tarixi
“Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektorining 2015 yil 5 – iyundagi 01-159-sonli buyrug‘i bilan tashkil etildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari 5231000 – “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarga, 5A231001 – “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” mutaxassisligi bo‘yicha magistrantlarga dars berishmoqda.
Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
- 5231000 – “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik”
Kafedra magistratura mutaxassisligi
- 5A231001 – “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik”
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavriat yo‘nalishi:
- Iqtisodiyot nazariyasi
- Makro va mikroiqtisodiyot
- Pul va moliya
- O‘zbekiston iqtisodiyoti
- Buxgalteriya hisobi asoslari
- Statistika
- Marketing va menejment asoslari
Magistratura mutaxassisligi:
- Mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy nazariyalari
Kafedra professor-o‘qituvchilari:
- To‘xliyev – Iqtisod fanlari doktori, professor.
- Ivatov – Iqtisod fanlari doktori, professor.
- Kamilova – Iqtisod fanlari nomzodi, kafedra mudiri
- Xolmatov – Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
- Imomova – Katta o‘qituvchi
- M.Shodiyev – O‘qituvchi
- F.Zokirjonova – O‘qituvchi
Kafedraning hamkor tashkilotlari
Kafedra jamoasi ilmiy, ilmiy-pedagogik, o‘quv-uslubiy yo‘nalishlarda Respublikamizning qator oliy o‘quv muassasalari turdosh kafedralari, ilmiy tadqiqot markazlari, nashriyotlari, ilmiy jurnal va gazetalari bilan hamkorlik aloqalarini tashkil etgan. Ular quyidagicha: O‘zbekiston Milliy universiteti “Iqtisodiyot nazariya” va “Makroiqtisodiyot” kafedralari; TDIUning “Iqtisodiy nazariya” kafedrasi; TMIning “Iqtisodiy nazariya” kafedrasi; TIUning “XIM” kafedrasi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Ijtimoiy tadqiqotlar markazi; “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti; “Iqtisodiyot va moliya” ilmiy-amaliy jurnali, “Innovasion ta’lim” o‘quv markazi va boshqalar.
Kafedraning o‘quv-pedagogik, ilmiy-uslubiy salohiyatini yanada oshirish, xodimlar tarkibini optimallashtirish, kafedra faoliyatining yanada dinamik bo‘lishini ta’minlash maqsadida mazkur tashkilot, muassasa va ilmiy nashrlar bilan quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan:
- kafedra o‘quv-pedagogik faoliyatiga mazkur hamkorlar salohiyati va imkoniyatlarini jalb qilish;
- malakali professor-o‘qituvchilar ko‘magida yosh mutaxassislarning pedagogik mahoratini oshirish;
- yosh mutaxassislarga turli ilmiy jurnallarda, ilmiy anjumanlarda maqolalarining nashr etilishiga ko‘maklashish;
- zamonaviy pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llash;
- doktorlik dissertatsiyasini tayyorlashda uslubiy yordamlashish;
- tarjima ishlarini tashkil etish kabi yo‘nalishlarda amaliy yordam berish va boshqalar.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining nashrlari
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan so‘nggi yillarda 20 dan oshiq o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar tayyorlandi va nashr etildi. Jumladan,
- Iqtisodiy bilim asoslari (N.To‘xliyev, Q.Haqberdiyev, Sh.Ermamatov, N.Xolmatov, 2002)
- Ekonomika bolshogo turizma (N.To‘xliyev, hammualliflikda, 2005)
- O‘zbekiston iqtisodiyoti asoslari (N.To‘xliev, Q.Haqberdiev, SH.Ermamatov, N.Xolmatov, 2006)
- Ekonomika Uzbekistana (N.Tuxliev, A.B.Atamirzaev, 2009)
- Respublika Uzbekistan (N.Tuxliev, A.Kremenseva, 2010)
- Taraqqiyotning O‘zbek modeli, (N.To‘xliev, 2012)
- Mikroiqtisodiyot (N.Xolmatov, N.Imomova, 2012)
- Moliya va kredit (Q.Haqberdiev, N.Imomova, 2012)
- Makroiqtisodiyot (N.Xolmatov, N.Imomova, 2013)
- Ekonomicheskaya teoriya (M.Kamilova, F.Zokirjonova, 2014)
- Hozirgi zamon iqtisodiy nazariya va ta’limotlari (N.Xolmatov, 2013)
- Moya strana (N.Tuxliev, 2013)
- Ekonomika arabskix stran (Kamilova M.X., hammualliflikda, 2006)
- Konseptualnыe podxodы formirovaniya konkurentosposobnoy ekonomiki Uzbekistana (Kamilova M.X., 2006)
- O‘zbek modeli: taraqqiyot tamoyillari (N.To‘xliyev, 2014)
- Osiyo taraqqiyot modeli (N.To‘xliyev, 2015)
- O‘zbekistonda sanoatlashuv jarayonini chuqurlashtirishda xususiy tadbirkorlikning rolini oshirish imkoniyatlari (N.Imomova, 2017)
- O‘zbekiston iqtisodiyoti (N.To‘xliev, Q.Haqberdiev, SH.Ermamatov, N.Xolmatov, 2018)
- Sovremenniy ekonomicheskoe teorii regionalnogo razvitiya (M. Kamilova 2018)
- Makro va mikroiqtisodiyot (N.Xolmatov, N.Imomova, 2019)
Kafedraning ilmiy yo‘nalishi
Kafedraning ilmiy-uslubiy salohiyatidan samarali foydalangan holda, turdosh kafedralar, respublikaning yetakchi oliy o‘quv yurtlari, tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari va nashriyotlari bilan hamkorlikda har yili respublika darajasidagi ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazib kelinadi. Anjuman materiallari tegishli tarzda to‘plam holida nashr etilayapti. Ularning ayrimlari quyidagilar:
- Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oqibatlari, asosiy saboqlari va milliy iqtisodiyotlar rivojlanishiga ta’siri.
- Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashning dolzarb masalalari: xorij tajribasi, muammolar, istiqbollar.
- O‘zbekiston iqtisodiyotining mintaqaviy bozorlar va jahon xo‘jalik tizimiga integratsiyalashuvining dolzarb masalalari.
- Ilmiy-texnika va innovasion taraqqiyot: Global, mintaqaviy va milliy iqtisodiy tendensiyalar.
- “Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida oligopol bozorni tartibga solish xususiyatlari;
- “Sanoatlashuv jarayonini chuqurlashtirishda xususiy tadbirkorlikning rolini oshirish qonuniyatlari”;
- “Milliy ishlab chiqarishni sanoatlashtirishning institusional asoslari”.
Kafedraning ilmiy anjumanlari
Kafedraning ilmiy-uslubiy salohiyatidan samarali foydalangan holda, turdosh kafedralar, respublikaning yetakchi oliy o‘quv yurtlari, tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari va nashriyotlari bilan hamkorlikda har yili respublika darajasidagi ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazib kelinadi. Anjuman materiallari tegishli tarzda to‘plam holida nashr etilayapti. Ularning ayrimlari quyidagilar:
- Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oqibatlari, asosiy saboqlari va milliy iqtisodiyotlar rivojlanishiga ta’siri. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 2011 yil 25 aprel.
- Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashning dolzarb masalalari: xorij tajribasi, muammolar, istiqbollar. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 2012 yil 25 aprel.
- O‘zbekiston iqtisodiyotining mintaqaviy bozorlar va jahon xo‘jalik tizimiga integratsiyalashuvining dolzarb masalalari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 2013 yil 25 aprel.
- Ilmiy-texnika va innovasion taraqqiyot: Global, mintaqaviy va milliy iqtisodiy tendensiyalar, Respublika ilmiy amaliy konferensiyasi. 2015 yil 28 mart.
- “Milliy iqtisodiyotda liberallashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari (xorij va O‘zbekiston tajribasi)”2018 yil 20 aprel
- Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning innovatsion omillari: Xorijiy mamlakatlar tajribasi, imkoniyatlar va istiqbollar. Respublika ilmiy-amaliy anjuman 2019 yil 20 aprel
Kafedra hayotidan fotolavhalar
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: