• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

10.00.00 – Filologiya fani tarmog’ida ixtisoslik bo’yicha malakaviy imtihonlar topshirish top’g’risida ma’lumot

21.01.2017, 16:53 Uncategorized 4470

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida quyidagi ixtisoslik bo‘yicha malakaviy imtihonlar qabul qilinadi:

10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti
10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti
10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik
10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari bo’yicha)
10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik

Malakaviy imtihonlar sessiyalar shaklida yiliga 4 marta: fevral, may, noyabr va dekabr oylarida belgilangan tartib asosida qabul qilinadi.

Dissertatsiya mavzusiga muvofiq Ixtisoslik bo‘yicha malakaviy imtihon topshirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
1.    Yo’llanma xat;
2.    Pasport nusxasi;
3.    Ma’lumotnoma (asosiy ish joyining Kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak);
4.    Doktorlik dissertatsiyasining tayyorligi va himoyaga tavsiya etilganligi haqida ish bajarilgan muassasa bayonnomasidan ko’chirma;
5.    Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi <<OAK Bulleteni>> jurnalida e’lon qilingani nusxasi;
6.    Avvalgi 3 ta malakaviy imtihonlarni (“O‘zbekistonning eng yangi tarixi”, “Chet tili”, “Mustaqilik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari” fanlari) topshirganini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
7.    Ilmiy ishlar ro‘yxati (ish bajarilgan muassasa ilmiy kotibi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak)

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: