• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xivaga tashrif

27.01.2021, 10:00 Yangiliklar 1883

Xabaringiz bor, Prezidentimizning 2020-yil 20-mayda Toshkent shahridagi Adiblar xiyoboniga tashriflari chog‘ida buyuk shoir, mohir tarjimon va tarixchi, davlat arbobi Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy hayoti va ijodini o‘rganish va targ‘ib qilish, ulug‘ mutafakkir haqida hujjatli film yaratish bo‘yicha takliflar bergan edilar.
Bugun, 26 yanvar kuni Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabiga yaratiladigan filmni olish joylarini dastlabki ko‘rish, film g‘oyasi va rejasini ishlab chiqish maqsadida Toshkent shahridagi Sharqshunoslik universiteti rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva, prorektor, professor Qudratilla Omonov, film rejissyori Murod Odilovlar tashrif buyurdilar. Ular Ogahiy ijod maktabida yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, shuningdek, bugungi faoliyati bilan yaqindan tanishish asnosida katta taassurot va zavq olganini bildirdilar. Mehmonlar buyuk alloma haqidagi o‘quvchilarning o‘z ijod namunalarini, Ogahiy g‘azallaridan ifodali o‘qishlarini tingladilar va hujjatli filmga ham kiritishni rejalashtirdilar.

photo_2021-01-26_21-53-33 photo_2021-01-26_21-53-53

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: