• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

XALQARO OGAHIYSHUNOSLAR KENGASHI

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI QOSHIDA TUZILGAN
XALQARO OGAHIYSHUNOSLAR KENGASHI

F.I.Sh. Ish joyi nomi lavozimi  Ilmiy darajasi Maqomi
1. Omonov Qudratulla Sharipovich Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Filologiya fanlari doktori, professor Kengash raisi
2 Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

rektori

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent a’zo
3 Muhammad Ali Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Tarjimashunoslik kafedrasi professori, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Filologiya fanlari nomzodi, professor a’zo
4 To‘xliyev Boqijon Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Mumtoz filologiya kafedrasi professori Filologiya fanlari doktori, professor a’zo
5 Sodiqov Qosimjon Pozilovich Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Mumtoz filologiya kafedrasi professori Filologiya fanlari doktori, professor a’zo
6 Jabborov Nurboy Abdulhakimovich Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti kafedra mudiri Filologiya fanlari doktori, professor a’zo
7/ Xusayn Baydimer Erzurum Otaturk universiteti professori Filologiya fanlari doktori, professor a’zo
8. Fayziyev Xurshid Turg‘unovich Temuriylar tarixi muzeyi direktori Tarix fanlari nomzodi a’zo
9. Nafas Shodmonov Qarshi davlat universiteti kafedra mudiri Filologiya fanlari doktori, professor a’zo
10. Alimbekov Adham Kamolovich Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti XShMA kafedrasi dotsenti Filologiya fanlari nomzodi, dotsent a’zo
11. Xalliyeva Gulnoz Iskandarovna Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Ilmiy loyiha rahbari

Filologiya fanlari doktori, professor a’zo
12. O‘rozboyev Abdulla Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy xodimi Filologiya fanlari doktori a’zo
13. Ulfat Abdurasulov Avstriya fanlar akademiyasi xodimi Tarix fanlari nomzodi a’zo
14. Nuryog‘di Toshev O‘zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi Tarix fanlari nomzodi a’zo
15. Qalandarov Mirzajon Sitamatovich Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Ilmiy bo‘lim boshlig‘i Katta o‘qituvchi a’zo
16 Ochilov Ergash O‘zRFA O‘zbek tili adabiyoti va folklori instituti ilmiy xodimi filologiya fanlari nomzodi a’zo
17. Matyakubova Madina  Xabibullayevna Xiva Ogahiy ijod maktabi yetakchi o‘qituvchisi filologiya fanlari nomzodi a’zo
18. Nazirova Xilola O‘zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi ilmiy xodim Kengash kotibi


KENGASH NIZOMI
I.Umumiy qoidalar

1.Xalqaro Ogahiyshunoslar kengashi mumtoz adabiyotimizning atoqli namoyandasi hazrat Ogahiyini hayot va ijod yo‘lini o‘rganish, adib asarlari va qo‘lyozmalarini tadqiq etish hamda ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan yozma yodgorliklarni tadqiqi yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan mamlakatimiz va chet ellik olim va tadqiqotchilarni muayyan bir ilmiy jamiyatga birlashtirish, ularning ilmiy ishlarini muvofiqlashtirish hamda shu sohadagi ishlarni yo‘naltirib turish maqsadida ta’sis etilgan.

  1. Xalqaro Ogahiyshunoslar kengashi (bundan keyingi o‘rinlarda – Kengash) Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (bundan keyingi o‘rinlarda – Universitet) qoshida ish olib boradi. Uning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Toshkent shahrida tashkil etilgan Adiblar xiyoboniga 2020-yil 20-may kuni tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va o‘tkazilgan majlisning 35-sonli Bayoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-apreldagi “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4680-son Qarori hamda Universitet Nizomi va ushbu Nizom asosida amalga oshiriladi.

II.Xalqaro Ogahiyshunoslar kengashining asosiy vazifalari

  1. Hazrat Ogahiy ijodi bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borayotgan olim va tadqiqotchilarni bir ilmiy jamiyat atrofida birlashtirish va ularni ogahiyshunoslik yo‘nalishida olib borayotgan ishlarini muvofiqlashtirish.
  2. Ogahiyning hayot va ijod yo‘li, asarlari, XIX asar Xiva xonligi bilan bog‘liq tadqiqotlar, adib qo‘lyozmalarining tahlili va tabdili bo‘yicha tadqiqot mavzulari bazasini shakllantirish.
  3. Ogahiy ijodi bo‘yicha yaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari hamda nashr etilgan adib asarlarining elektron bazasini shakllantirish, kelgusida “Ogahiy qomusi”ni yaratish.
  4. Ogahiy tug‘ilgan kun munosabati bilan muntazam 17-dekabrda Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini tashkil etish, ogahiyxonlik yig‘inlarini an’anaga kiritish, har yili adib hayoti, faoliyati va merosiga bag‘ishlangan ilmiy to‘plab chop ettirib borish.
  5. Sharqshunoslikdagi dunyoning yetakchi o‘quv va ilmiy muassasalari bilan birgalikda ogahiyshunoslik masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiya, seminar va davra suhbatlari o‘tkazish.
  6. Yurtimiz va chet ellarda saqlanayotgan Ogahiy asarlari qo‘lyozmalarining to‘liq tavsifli katalogini tayyorlash, ularni chop etish bilan bog‘liq ilmiy loyihalarni amalga oshirish.
  7. Ogahiy asarlarining izohli lug‘atini tuzish va chop etish bo‘yicha ilmiy loyihalarni amalga oshirish.
  8. XIX asarda yaratilgan tarixiy va adabiyotshunoslik asarlari asosida Ogahiy hayoti va ijodi bilan bog‘liq adibningmukammal ilmiy biografiyasini yaratish.
  9. Ogahiy oziqlangan va davom ettirgan turkiy adabiyot ildizlarini tadqiq etish.
  10. XIXasrning ikkinchi yarmi va XX asr boshilariga qadar Xorazm adabiy muhitida kechgan jarayonlar va unda Ogahiy ijodning ta’siri, ushbu adabiy muhitda vujudga kelgan izdoshlik an’analarini o‘rganish.
  11. Ogahiy devonining akademik nashrini amalga oshirish.
  12. Ogahiy tarjima asarlarining nusxalarini to‘liq aniqlash, ilmiy o‘rganish va nashr qilish.
  13. Ogahiy tarixiy asarlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish.
  14. Ogahiy asarlari bo‘yicha filologik tadqiqotlarni amalga oshirish.
  15. Ogahiy asarlarida singdirilgan g‘oyalar va adibning hikmatli so‘zlari jamlanganko‘p tilli “Ogahiy hikmatlari” kitobini chop etish.
  16. Ogahiyning hayot va ijod yo‘li, asarlari bilan bog‘liq ma’lumotlarni qamrab olgan internetda maxsus sayt ochish hamda kengash a’zolarining soha bo‘yicha ilmiy ishlarini ushbu saytda joylab borish.
  17. Universitet magistraturasidagi “Mumtoz filologiya” va “Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik” mutaxassisliklari o‘quv jarayoniga ogahiyshunoslik bilan bog‘liq tanlov fanlarini kiritish va joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
  18. Yosh o‘qituvchi hamda ilmiy tadqiqotchilarning ogahiyshunoslik yo‘nalishida bajargan tadqiqotlarini muhokama etib borish va tadqiqot ishlarni o‘z vaqtida bajarilishiga ko‘mak berish.
  19. Kengash faoliyati bilan tanishtiruvchi materiallarni hamda soha bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalarni Respublika va xalqaro nashrlarda va universitetning ilmiy jurnallarida muntazam chop etib borish.

III.Xalqaro Ogahiyshunoslar kengashining tuzilmasi

1.  Kengash a’zoligiga yurtimiz va chet ellarda faoliyat olib borayotgan soha bo‘yicha yetakchi sharqshunos olimlar jalb etiladi. Kengashga kirish va undan chiqish erkin hisoblanadi. Kengashga a’zo bo‘lish uchun ogahiyshunoslik yo‘nalishida chop ettirilgan ilmiy ishlari ro‘yxati va rozilik xatini ogahiykengash@gmail.com elektron pochtasiga yuborish, Kengashdan chiqish uchun ham yozma murojaatni ayni elektron pochtaga yuborish lozim.

  1. .Kengash boshqaruvi jamoatchilik asosida olib boriladi hamda kengash a’zolari ichidan rais va kotibdan iborat etib belgilanadi.
  2. Kengash a’zolari tomonidan amalga oshirilgan tadqiqot ishlari har chorakda yig‘ilib, muhokama etib boriladi.
  3. Kengash o‘zi muhokama etib chiqargan qarorlarini Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Kengashiga tavsiya sifatida havola etadi.

Ushbu Nizom Xalqaro Ogahiyshunoslar kengashining

2020-yil 6-iyuldagi ta’sis majlisida

muhokama etilib,tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 may kuni  “Adiblar xiyoboni”ga tashrifi chog‘ida adabiyot tarixidaToshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasiga “Ogahiy hayoti va ijodi – yoshlar tarbiyasi uchun namuna” yo‘nalishida berilgan topshiriqlarni amalga oshirish  YO’L XARITASI

26.09.2020, 14:42 1719

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: