• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Janubiy Osiyo tillari” kafedrasi dotsenti, f.f.n. S.S.Nurmatovning Hindistonga qilgan safari.

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Janubiy Osiyo tillari” kafedrasi dotsenti, f.f.n. S.S.Nurmatovning Hindistonga qilgan safari.

Janubiy Osiyo tillari kafedrasi dotsenti S.S.Nurmatov 2018 yilning 22-28 sentabr kunlari Hindiston Respublikasining poytahti Dehli shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Hindiston Respublikasiga davlat tashrifi oldidan rejalashtirilgan ikki tomonlama tadbirlarda qatnashishi uchun xizmat safariga yuborildi. Safar davomida 24-sentabr kuni dasturga muvofiq Jamiya Milliya Islamiya Universitetiga tashrif buyurildi. Dastavval universitet rektori, so‘ng universitetda o‘zbek tilini o‘rganayotgan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi  “O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi” rahbari prof. Bahodirov R.M., O‘zR FA qoshidagi San’atshunoslik instituti direktori prof. Pidaev Sh.R., O‘zR FA qoshidagi  Sharqshunoslik instituti katt ilmiy xodimi Raximov K. kabi olimlar ham ishtirok etib, O‘zbekistonning madaniy yodgorliklari, qo‘lyozma nusxalari xususida ham atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Hindiston Islom Madaniyati markaziga ham tashrif buyurildi. Ushbu markazda ham delegatsiya a’zolari tomonidan davra suhbati o‘tkazildi. 25-sentabr kuni Hindiston milliy muzeyida “Hindiston va O‘zbekiston ilmiy aloqalari”ga doir seminar ham o‘tkazildi. Ushbu seminarda Hindiston va O‘zbekiston olimlari ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy hamda tarixiy aloqalar xususida, shuningdek, O‘zbekistonda hindshunoslik sohasining rivoji hamda istiqboldagi rejalari xususida atroflicha ma’lumotlar berildi. Seminar nihoyasida ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni yanada rivojlantirishga doir bir necha takliflar kiritildi. 26-sentabr kuni delegatsiya a’zolari bilan birgalikda Hindistondagi nufuzli universitetlardan biri Javaharlal Nehru universitetiga tashrif buyurildi va u yerda Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston tarixi va iqtisodiga oid ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan tadqiqotchi olimlar bilan o‘zaro fikr almashilindi. 27-sentabr kuni Nyu-Dehli shahridagi Vivekananda Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “O‘zbekiston va Hindiston: ikkitomonlama aloqalarni rivojlantirish va kengaytirish yo‘llari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ham ishtirok etib, ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar xususida atroflicha ma’lumot berdi. Vivekananda Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori janob Arvind Gupta, Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi sobiq elchisi Janob Skand Tayal va ko‘plab hindistonlik diplomatlar ham ikkala mamlakat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar xususida ham fikr almashdilar. Shuningdek, O‘zbekistonda hindshunoslik xususida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari hamda istiqboldagi rejalari xususida ham atroflicha ma’lumotlar berildi. 28-sentabr kuni safar o’z nihoyasiga yetdi.

Jamiya Milliya Islamiya universiteti o'zbek tili o'qituvchisi, proffesor Shahid Taslim

photo_2018-10-02_13-18-54

06.10.2018, 12:43 2349

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: