• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi

 Chori aka Xusanov Chori Qodirovich
Ilmiy darajasi va unvoni Iqtisod fanlari nomzodi
Lavozimi: Kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi
Qabul vaqtlari: Dushanba, chorshanba, juma (11:00-13:00)
Tel.:  71 233-03-34
E-mail:  chori-17@mail.ru

Тоshkent davlat sharqshunoslik universiteti kasaba uyushmasi qo’mitasining maqsad va vazifalari

Universitet kasaba uyushmasining asosiy maqsadi – kasaba uyushmasi a’zolarining mehnat, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, intelektual huquq va manfaatlarini muhofaza qilishdan iboratdir.

Kasaba uyushmasining asosiy vazifalari:

  • millati, jinsi, yoshi va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar tashkilot har bir a’zosining mehnat qilish, ishni va kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoiti yaratilib berilishi va ishsizlikdan himoya qilinishiga doir konstitutsiyaviy huquqlari himoya qilinishiga;
  • korxona, idora, tashkilot va muassasada ish bilan ta’minlanganlikning eng yuqoridarajada bo’lishiga, daromadlar oshirilishi va mulkiy tabaqalanish darajasi kamaytirilishiga;
  • mehnatga haq to’lash va mehnat tartibining ijtimoiy adolatli tizimi joriy etilishiga;
  • jamoa shartnomalari tuzilishi va ularning bajarilishi ustidan nazoratning amalga oshirilishiga;
  • jamoa shartnomalarida qabul qilingan va amalga oshirilayotgan kafolat va imtiyozlarning saqlab qolinishi va kengaytirilishiga;
  • mehnat qonunchiligi, mehnatni va atrof muhitni muhofazalash qonunlari, qoidalari va me’yorlariga rioya etilishiga;
  • ijtimoiy muloqot hamda ijtimoiy sherikchilikni yo’lga qo’yish, jamoa muzokaralarini tashkil etilishiga
  • ta’lim va fan sohasini rivojlanish darajasiga ko’ra xodimlar malakasining oshirilishiga va kasbiy qayta tayyorlanishiga,attestatsiyadan o’tishlariga ko’maklashish;
  • a’zolarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, bo’sh vaqtlarini va dam olishlarini mazmunli tashkil qilish;
  • ishchi-xodimlarni, ayniqsa, yoshlarni mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy himoyalashga yo’naltirilgan dasturlarni ishlab chiqishda ish beruvchilar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik qilinishiga;
  • madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining o’tkazilishiga, bo’sh vaqtdan oqilona va samarali foydalanish uchun sharoitlar yaratib berilishiga, kasaba uyushmasi a’zolari va ularning oila a]zolarini sog’lomlashtirilishiga;
  • ishchi-xodimlarning ishlab chiqarish, mehnat, mehnatni muhofaza qilish maishiy turmush ma’naviy-ma’rifiy jismoniy tarbiya va sport sog’lomlashtirish sohalaridagi qonuniy huquq va manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish;
  • a’zolarining mehnat, ijtimoiy, iqtisodiy ma’naviy intellectual huquq va manfaatlariga tegishli O’zbekiston Respublikasi qonunlarri, hukumat qarorlari, me’yoriy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish;
  • jamoa mehnat nizolarini bartaraf etishda ishtirok etish.

 

22.06.2020, 01:21 6541

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: