• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

AXBOROT XATI

08.04.2020, 12:07 E'lonlar, Ilmiy faoliyat e'lonlari 2360

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOShKENT DAVLAT ShARQShUNOSLIK INSTITUTI
AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi 56-F son farmoyishi asosida Toshkent davlat sharqshunoslik institutida 2020 yil 21 aprel kuni “Yangi iqtisodiyot rivojlanishi istiqbollari: global, mintaqaviy va milliy xususiyatlar” mavzusida respublika miqyosida onlayn ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
Ushbu ilmiy-amaliy anjuman soat 11:00 “Zoom” platformasi orqali amalga oshiriladi va quyidagi sho‘balar bo‘yicha ish olib boradi:
1. Yangi iqtisodiyot shakllanishi va rivojlanishining ilmiy, nazariy va uslubiy asoslari;
2. O‘zbekistonda yangi iqtisodiyot shakllanishi omillari, shart-sharoitlari va istiqbollari. Xorijiy mamlakatlarning yangi iqtisodiyotni rivojlantirish tajribasi va uni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari;
3. Yangi iqtisodiyot shakllanishining global va mintaqaviy tendensiyalari. Yangi iqtisodiyot rivojlanishida axborot texnologiyalari va innovsiyalarning o‘rni va roli.
Mazkur onlayn konferensiyada ishtirok etishni istagan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda talabalar o‘z ilmiy izlanishlari natijasida tayyorlagan ilmiy maqolalari va tezislarini yuqorida ko‘rsatilgan sho‘’balar yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etishlari mumkin.
Maqola va tezislar matni ilmiy, texnik va stilistik tahrir qilingan hamda 5-8 bet hajmda bo‘lishi lozim. Maqolalar MS WORD matn redaktori, Times New Roman shriftida, A4 formatida, shrift hajmi – 14, tepadan 2.0 sm, pastdan 2.0 sm, chapdan 3.0 sm, o‘ngdan 1.5 sm, oraliq interval – 1.0, abzas boshidagi oraliq – 1 sm, eniga formatlash tarzida to‘ldirilishi lozim.
Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqola va tezislar to‘plamga kiritilmaydi. Tashkiliy qo‘mita maqola matnini qisqartirish, qisman tuzatish kiritish, seksiyalarga joylashtirish huquqiga ega. Iqtidorli talaba va magistrantlarning maqola va tezislari ilmiy rahbar taqrizi bilan qabul qilinadi. Matnda ko‘rsatilgan faktlarning to‘g‘riligi va aniqligiga mualliflarning o‘zlari javobgar. Talablarga javob bermaydigan maqolalar nashrga tavsiya etilmaydi.
Maqola va tezislar elektron shaklda, muallifning ismi, sharifi, ish joyi to‘liq ko‘rsatilgan holda 2020 yil 15 aprelgacha anjumanni o‘tkazishga mas’ulning telefoniga biriktirilgan “Telegram” kanali orqali elektron shaklda qabul qilinadi.
Ishtirok etuvchilar ro‘yxatdan o‘tish va tadbirga ulanish hamda qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun TDShI Xorijiy mamlakatlari iqtisodiyoti va siyosati fakultetining “Yaqin Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti” kafedrasi mudiri i.f.n., dos. Sh.Ermamatovga murojaat qilishlari mumkin.

Telefon: +998909351449

   Facebook | Telegram | Instagram | YouTube

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: