“Zamonaviy sharq adabiyoti: Janr va uslub masalalari” mavzusidagi talabalar anjumani
Talaba yoshlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish, intellektual salohiyatini oshirish maqsadida “Xorijiy sharq mamlakatlari adabiyoti” kafedrasida “Zamonaviy sharq adabiyoti: janr va uslub masalalari” mavzusida magistrant va bakalavrlarning ilmiy-amaliy konferensiyasi talabalarga fikrlarini erkin tarzda bildira olish, ilmiy tadqiqot jaryonlariga kirishish kabi ko‘plab imkoniyatlarni yaratib bermoqda.
2019-yil 12-aprel kuni “Xorijiy sharq mamlakatlari adabiyoti” kafedrasi tomonidan magistrant va bakalavrlarning “Xorijiy sharq mamlakatlari adabiyoti” kafedrasida “Zamonaviy sharq adabiyoti: janr va uslub masalalari” nomli an’anaviy talabalar konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiya qiziqarli, jonli, bahs-munozarali bo‘lib o‘tdi, eng yaxshi ma’ruzachilar belgilandi. Bunga ko‘ra:
1-o‘rin – adabiyotshunoslik (arab) 2-kurs magistri Mamanazarova Sarviniso “Iroq adibasi busayna an-Nosiriy ijodida “eng qisqa hikoya ” turi” (ilmiy rah.: f.f.d.D.Z.Muxiddinova).
2-o‘rin – turk filologiyasi 4-kurs talabasi Mamajanov Sherzod “ Oshiq Poshoning “G‘aribnoma” asarida tasavvufiy tavsiflar mohiyati” (ilmiy rah.: f.f.d. P.Kenjayeva).
3-o‘rin – adabiyotshunoslik (fors) 1 kurs magistri Jumayeva Kamola “Irfoniy qasidaning o‘ziga xos qiyinchiliklari” (ilmiy rah.: f.f.d., prof.M.Imomnazarov).
4-o‘rin – arab filologiyasi 4-kurs talabasi Xoshimova Zarnigor “XX asrning ikkinchi yarmi iroqlik yozuvchi Fuad at-Tekerli ijodi ” (ilmiy rah.: f.f.d., prof.M.Imomnazarov)
Xorijiy sharq mamlakatlari adabiyoti kafedrasi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: