• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra-suhbati o’tkazildi

25.02.2019, 15:39 Yangiliklar 2388

Toshkent davlat sharqshunoslik institutining “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati” fakultetida 2019-yil 25-fevral kuni soat professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar o‘rtasida BMTning “Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra-suhbati o’tkazildi. Tadbirda fakultet dekani Ch.Xusanov, dekan muovini J.Xasanova, “Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi O‘.Bituraev, katta o‘qituvchi X.Mustapova, murabbiylar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda “Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar” kafedrasi o‘qituvchisi O‘.Bituraev so’zga chiqib mavzu yuzasidan ma’ruza o’qidi. “Hozirgi kunda O‘zbekistonda 10,400,000ta o‘g‘il va qiz bolalar yoki aholining 40 foizi 18 yoshga to‘lmagan. Aholining 64 foizini tashkil etuvchi 17 milliondan ortiq kishi esa 30 yoshga to‘lmagan. O‘zbekistondagi yoshlarga oid davlat siyosati 2016-yilda yoshlarni sifatli ta’lim, sog‘liqni saqlashga doir xizmatlar, bandlik bilan ta’minlash, huquq, erkinlik va qiziqishlarini himoya qilish bo‘yicha majburiyatlarni aniq belgilagan, shu tariqa, ular o‘zlarining kelajaklarini barpo eta olishlari uchun yoshlarga oid siyosatni hayotga tadbiq etishda samarali qatnasha oladilar. Davlat siyosati, shuningdek, yoshlar uchun sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, hordiq chiqarish va sport bilan shug‘ullanish uchun imkoniyatlar yaratib, yoshlarning rivojlanishi uchun har tomonlama yondashuvni ta’minlaydi. Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 72- sessiyasida “Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi “virusi” tarqalishining oldini olishdir. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz” dedi. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib mavqei bor, shu sababdan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida ko‘p qirrali hamkorlik o‘ta muhim. Prezidentimiz, shu munosabat bilan O‘zbekiston globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat – BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif etdi. Yoshlar siyosatining xalqaro siyosatini ishlab chiqish, yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Albatta mamlakatimizda olib borilayotgan ijobiy ishlar juda ko‘p, lekin muammolar ham yetarli. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, davlatimiz rahbarining BMTning “Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasi”ni ishlab chiqish haqidagi taklifi eng o‘rinli va oqilona” deya ta’kidlab o’tdi.

Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan davra suhbati davomida talabalarning  savollariga ma’ruzachi javob berdi va barchani “Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasi” loyihasini o‘rganib chiqishga chaqirdi.

55555

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: