• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Yosh tarjimashunoslar” mavzusidagi talabalar anjumani

20.04.2019, 15:29 Yangiliklar 2505

Milliy adabiyotning ajralmas qismi sanalgan tarjima asarlari yuz yil­lar davomida dunyo xalqlarning milliy mada­niya­ti, an’analari, urf-odat­la­ri, dun­yo­qa­rashi, hayotni anglash fal­sa­fasi, badiiy ta­fak­kuri, qo­la­versa, yashash tarzi haqida tasavvur hosil qi­lishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Glo­bal­­la­shuv jarayonlari hayotimizning barcha jab­ha­la­ri­ni egallab borayotgan, ax­borot almashi­nuvi kengaygan hozir­gi davrda milliy adabiyotlarni asrash, ma’­na­viy qadriyatlarni e’zozlash va kelgusi avlodlarga yetka­zish, shuningdek, ada­bi­yot orqali xalqaro alo­qa­­lar­ni kuchaytirishga alo­hida e’tibor talab etilmoq­da. Shu sababli ham bugun tarji­mon­larga bo‘lgan ehtiyoj tobora ort­moqda, ay­niq­sa, mil­­lat­ning badiiy tafakkuri oynasi bo‘lmish ada­biyotni xorijiy til­lar­ga tar­jima qilishga qaratilgan ishlarni keng miqyosda amalga oshi­rish kun­­ning dolzarb masalalaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi yillarida badiiy tarjima vo­si­­tasida dunyo adabiyoti namu­na­lari­ning ma­da­niy hayotimizga kirib ke­lishi mazkur so­haning rivojla­nish bosqichiga o‘tganligidan dalolat be­radi. O‘tgan qisqa tarixiy davr mobaynida o‘zbek ada­biyoti namu­na­­la­ri­ xorijiy tillar­ga va xorijiy mamlakatlarda yaratilgan durdona asar­lar ona tilimizga tar­ji­ma qilindi. Shu bilan bir qatorda tarjimashu­nos­lik­ning ajralmas qismi bo‘lgan tarjima nazariyasi va tanqidi ham za­mo­naviy mazmun kasb eta boshladi.

ToshDShI rektorining 2019-yil 4-apreldagi  № 01-267-son buyrug‘iga asosan, talabalarni yetuk malakali mutaxassis sifatida ijodiy kamol topishlari uchun ilmiy-ijodiy ishlarga yo‘naltirish, ilmiy-ijodiy ishlarni bajarish jarayonida mustaqil fikrlash, yangi fikr va mulohazalarni bildirish hamda o‘z ilmiy izlanishlari bilan kelajakda fan taraqqiyotiga istiqbolli yangiliklar kiritishlarini tadbiq etish maqsadida tarjima­shunos­lik­ning dolzarb ma­sa­la­la­ri muhokamasiga bag‘ishlangan “Tarjimashunoslik” kafedrasining “Yosh tarjimashunoslar” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjuman 2019-yil 10-aprel kuni soat 13.30da barcha ma’ruzachilar hamda kafedra professor-o’qituvchilari ishtirokida ochildi. Anjumanda jami 24ta ma’ruza tinglanib, muhokama qilindi (anjuman dasturi ilova qilinadi).

Bundan tashqari, bugungi kunda tarjimon kadrlarni muayyan maq­­sad­­ga yo‘naltirilgan holda tayyorlash, iqtidorli ijodkor yoshlar­ni il­miy fao­liyatga keng jalb qilish, ularning o‘z ijodiy va intel­lektual sa­lo­­hi­yat­larini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoit­larni yaratishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqish va amal­ga oshirish masalalari o‘z ye­chi­mini topdi, desa bo‘ladi. Gal­da­gi vazifa iste’dodli yoshlarni ilm de­gan sermashaqqat ishga jalb etish, bu masalaning yechimi bilan bog‘­liq tashkiliy vazi­falarni hal qilish ishini davom ettirishdan iborat.

Kafedra miqyosida “Yosh tarjimashunoslar” anjumani 2014-yildan buyon har yi­li o‘tkazilishi an’anaga aylangan. Anjumanda kafedrada tar­ji­ma nazariyasi va amaliyoti, tanqidi yo‘nalishlarida izlanishlar olib bo­ra­yotgan talabalar, magistrantlarning tarjima muammolari, o‘zbek adabiyoti namunalarini sharq xalq­­lari tillariga va sharq adabiyoti durdonalarini ona tilimiz­ga tarjima qilishning dolzarb masalalari, zamonaviy nasr va she’­riy asarlar tar­jimasi muammolari, XX asr ikkinchi yarmi tar­ji­machiligini rivojlanti­rish tamoyillari keng miqyosda mu­ho­ka­ma qilib kelingan ilmiy anjumanlarning mantiqiy davomi mohi­ya­tiga ega bo‘lib, fanning eng dolzarb muam­mo­­la­rini hal etish sohasi­da erishilgan yutuqlar doirasida talabalarning tajriba va fikr alma­shuvini ta’minlashga qaratilgan.

photo_2019-04-20_14-54-03 photo_2019-04-20_14-54-02 photo_2019-04-20_14-54-01 photo_2019-04-20_14-54-05

Hamidov.X

Tarjimashunoslik kafedrasi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: