Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan bakalavr tayyorlash bo’yicha hamkorlikdagi qo’shma ta’lim dasturlari imtihonlari kuni aniq bo’ldi (DOUBLE DEGREE)

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan bakalavr tayyorlash bo’yicha hamkorlikdagi qo’shma ta’lim dasturlariga (DOUBLE DEGREE) hujjat topshirgan abituriyentlar uchun imtihonlarning
1-bosqichi 2019-yil 26-avgust kuni soat 9:00 da,
2-bosqichi 2019-yil, 28-avgust kuni soat 9:00 da
institut asosiy binosi (Shahrisabz, 25-uy) da bo’lib o’tadi.
Birinchi bosqich
Koreya universitetlariga (Sang Myung University, Kyungdong University) hujjat topshirgan abituriyentlar xorijiy tillarda erkin mavzuda esse yozadilar (abituriyentlar ishtirokida 3 ta mavzu tanlab olinadi va o’sha 3 ta mavzudan ixtiyoriy bittasini yozish huquqiga ega bo’ladilar). Esse 100 ballik tizimda baholanadi. Esse natijasiga ko’ra 56 balldan past ball to’plagan abituriyentlar 2-bosqich (suhbat)ga kiritilmaydi.
Belarussiya universitetiga hujjat topshirgan abituriyentlar rus tilida erkin mavzuda esse yozadilar (abituriyentlar ishtirokida 3 ta mavzu tanlab olinadi va o’sha 3 ta mavzudan ixtiyoriy bittasini yozish huquqiga ega bo’ladilar). Esse 100 ballik tizimda baholanadi. Esse natijasiga ko’ra 56 balldan past ball to’plagan abituriyentlar 2-bosqich (suhbat)ga kiritilmaydi.
Ikkinchi bosqich xorijiy ta’lim muassasasi vakillari ishtirokida suhbat o’tkaziladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: