• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati” fakultetida “Boqiysan, iftixorimsan, ona tilim” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi

20.10.2018, 13:28 Yangiliklar 2961

2018 yilning 19 oktabr kuni TDShI “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati” fakultetida 21-oktabr “O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun”ning 29-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda fakultet dekani Ch.Q.Xusanov, dekan muovini J.N.Xasanova, “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti” kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent Sh.J.Ermamatov, professor-o‘qituvchilardan G.A.Sattikulova, N.A.Imomova, F.Y.Zokirjonova, murabbiylar hamda talabalar ishtirok etdi. Tadbirni fakultet dekani Xusanov Chori Qodirovich ochib berdi va barcha tadbir ishtirokchilarni bugungi kunimiz uchun mo‘’tabar bo‘lgan elimizning ulug‘ bayrami – Til bayrami bilan muborakbod etdi.

“Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti” kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent Ermamatov Sh.J. ona tiliga  berilgan bunday e’tibor xalqimizning ko‘p yillik orzularidan birining ushalishi yo‘lida qo‘yilgan qadamlardan biri ekanligi, so‘z mulkining sultoni A.Navoiyning o‘zbek adabiy tilining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi haqida so‘z yuritar ekan, ona tilini ulug‘lash har bir kishining qalbidan chuqur o‘rin egallashi lozimligini ta’kidladi.

Talabalar tomonidan tilimizni e’tirof etuvchi buyuk adiblarimiz tomonidan aytib o‘tilgan she’rlar  ijro etildi.

Yosh ishtirokchilar bayramga bag‘ishlab “Til – millatning ruhidir” nomli sahna ko‘rinishi tayyorlashdi. Uning mazmuni barchani kuyidagi holatga e’tibor qaratish lozimligiga chaqirdi: Qachonki yoshlar o‘z ona tillarida o‘qishni to‘htatar ekan, o‘sha til yo‘qolib ketish arafasiga kelib qoladi. Tillarni saqlab qolish bu o‘sha xalqning madaniyati, urf-odati, rasm-rusumlarining saqlanib qolinishini   anglatadi. Chunki, xalq taqdiri til taqdiri bilan bevosita bog‘liq. Til har bir millat madaniyatining o‘zagidir. Shu sababli ham tilning saqlanishi xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, ananalarini saqlaydi. Shunday ekan, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shishda har birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashimiz kerakligi o‘qtirildi.  Badiiy qism talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Fakultet yoshlar ittifoqi tomonidan “Munozara” bellavshuvi o‘tkazildi. “Munozara” mashg‘ulotlari yoshlarda tahlil qilish, muammoga tanqidiy ko‘z bilan qarash, to‘g‘ri xulosa chiqarish hamda notiqlikni yuksaltirishga ko‘maklashishga qaratilgan.

Darhaqiqat, o‘zbek xalqining, uning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tilining har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, mazkur tilning davlat tili maqomidek salohiyatini izchil va to‘liq ro‘yobga chiqarish har birimizning muhim vazifamizdir.

photo_2018-10-20_13-17-55 photo_2018-10-20_13-18-02

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: