“Xitoy tili va adabiyoti” kafedrasi professor- o‘qituvchilarining 256-mabtabga tashirifi
Joriy yilning 25-aprel kuni TDSHI “Xitoyshunoslik” fakulteti “Xitoy tili va adabiyoti” kafedrasi professor- o‘qituvchilari Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 256-mabtabga tashirif buyurishdi. Tashrifdan maqsad Toshkent davlat sharqshunoslik institutining “Xitoyshunoslik” fakulteti “Xitoy tili va adabiyoti” kafedrasini makaktab o‘quvchilariga tanishtirish va “Xitoy tili va adabiyoti” kafedrasi va Mirzo Ulug‘bek tumani 256-sonli umumta’lim mabtabi o‘rtasida memorandum imzolash.
“Xitoy tili va adabiyoti” kafedrasi professor- o‘qituvchilarini maktab direktori, o‘qituvchilari va o‘quvchilari samimiy kutib olishdi. Bu ikki tomonlar uchrashuvi tantanaga aylandi. Maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan ma’naviy-marifiy chiqishlar kafedra professor- o‘qituvchilari tomonidan yuqori darajada qabul qilindi va xush kayfiyat ulashgan o‘quvchilarga kafedra o‘qituvchilari tomonidan, o‘zlarining ilmiy ijod na’munalari taqdim etildi.
“Xitoy tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri O.M.Ochilov so‘zga chiqib, kafedra tarixi, ilmiy izlanishlari va professor-o‘qituvchilarini tanishtirdi.
Tadbir davomida “Xitoy tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti J.T.Ziyamuxamedov so‘zga chiqib o‘zining ilmiy ijodini tanishtrdi va esdalik sovg‘a sifatida kitoblar taqdim qildi.
Tadbir so‘ngida “Xitoy tili va adabiyoti” kafedrasi va Mirzo Ulug‘bek tumani 256-sonli umumta’lim mabtabi o‘rtasida memorandum imzolandi. Tomonlar o‘zaro memorandum shartlarini kelishib olishdi.
“Xitoy tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri v.b. O.Ochilov
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: