Yaponiyaning “Goi tinchlik jamg‘armasi” yoshlar o‘rtasida “2030 yilda o‘zimga maktub” mavzusidagi eng yaxshi insho tanlovi o‘tkazilishi haqida e’lon qiladi.
Yaponiyaning “Goi tinchlik jamg‘armasi” yoshlar o‘rtasida “2030 yilda o‘zimga maktub” mavzusidagi eng yaxshi insho tanlovi o‘tkazilishi haqida e’lon qiladi. Tanlovda 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Insho 700 so‘zdan iborat bo‘lishi va 5 tildan birida yozilishi kerak: ingliz, fransuz, ispan, nemis, yapon. Tanlovning bosh sovrini 100 ming yen (taxminan 950 AQSh doll.) va 2020 yilning noyabr’ oyida taqdirlash marosimida ishtirok etish uchun Yaponiyaga sayohat tashkil etiladi. Insholar 2020 yilning 15 iyun’ kuniga qadar tashkilotchilarning quyidagi elektron manzilga jo‘natilishi lozim: essay@goipeace.or.jp. To‘liq ma’lumotni https://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/ sayti orqali olishingiz mumkin.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: