• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkentda Sankt-Peterburg davlat universitetining MDHdagi birinchi filiali tashkil etiladi

14.03.2020, 09:51 Yangiliklar 2125

13 mart kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U.Begimqulov rahbarligida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori G. Rixsieva, O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi bosh konsuli A. Babaev va boshqalardan iborat delegatsiya Sankt-Peterburg davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlagan asosiy maqsad ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘lib, xususan, O‘zbekistonda Sankt-Peterburg davlat universitetining filialini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.photo_2020-03-13_18-53-24

Muzokaralar natijasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriligi va Sankt-Peterburg davlat universiteti o‘rtasida Toshkentda Rossiyaning nufuzli universiteti filiali faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

– Bugun O‘zbekistonda jahonning yana bir nufuzli universitetlaridan birining filialini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishdik, – dedi vazir o‘rinbosari U.Begimqulov. – Yangi filial biotibbiyot va sharqshunoslikka ixtisoslashadi. Biotibbiyot – biz uchun yangi ta’lim yo‘nalishidir. Filialda kimyo, biologiya, fizika va boshqa fanlar bo‘yicha ilg‘or fanlararo tadqiqotlar olib boriladi hamda bu jarayonga O‘zbekistonning yetakchi tibbiyot va farmasevtika kompaniyalari faol jalb qilinadi.

O‘z navbatida, Sankt-Peterburg davlat universiteti rektori Nikolay Kropachev ham O‘zbekistonda ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirishdan juda manfaatdor ekanligini alohida ta’kidladi.

Tashrif davomida shuningdek, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Sankt-Peterburg davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishni ko‘zda tutgan anglashuv memorandumi ham imzolandi.

Ma’lumot uchun, Sankt-Peterburg davlat universiteti Rossiyada tashkil etilgan birinchi (1724 yil) universitet hisoblanadi. Universitet 9 nafar Nobel’ mukofoti laureati, 6 nafar mamlakat Bosh vaziri va Rossiya Federatsiyasining 2 nafar prezidentini tayyorlagan oliy o‘quv yurti sanaladi.

photo_2020-03-13_18-53-25

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: