• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Koreya Respublikasining Handong universiteti bilan hamkorlik qiladi

11.01.2019, 13:05 Yangiliklar 2803

2019-yilning 11-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga Koreya Respublikasining Handong universitetidan professorlar Jongchul Rhee, Beomha Jee, Yonhjae Kim, Jinwon Ahn, Sangwha Lee, tadqiqotchi Jeonghwa Lee hamda talabalardan iborat bo’lgan delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolarini institut rektori, professor A.Mannonov hamda Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor O.Sheraliev kutib oldi.

Uchrashuv davomida TDSHI rektori mehmonlarga institutda talabalar va professor-o’qituvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, o’quv jarayoni, institutning ilmiy salohiyati va fakultetlari haqida ma’lumot taqdim etdi. Xususan, 2018-yilda institutda tashkil etilgan hamda Markaziy Osiyo yagona hisoblanuvchi Koreyashunoslik fakultetining bugungi kundagi faoliyati, institutda koreys tili, Koreya adabiyoti, tarixi, iqtisodiyoti, siyosati, falsafasi va madaniyatini o’qitish borasida olib borilayotgan ishlar, Koreya Respublikasining OTMlari bilan hamkorlik masalalari haqida to’xtalib o’tdi. Shuningdek, Janubiy Koreyaning sanoat jihatdan eng rivojlangan hududlaridan biri bo’lgan Pohang shahrida joylashgan Handong universiteti bilan hamkorlikni rivojlantirish institutning Koreyashunoslik fakulteti professor-o’qituvchilari va talabalari uchun yangi imkoniyat eshiklarini ochishi alohida ta’kidlandi.

Handong universiteti vakillari o’z navbatida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rahbariyati va jamoasiga institutda Koreyashunoslik fakulteti ochilgani uchun minnatdorchilik bildirib, ushbu fakultetda o’qiyotgan talabalar kelajakda ikki mamlakatning o’zaro hamkorligi rivojiga katta hissa qo’shishini ta’kidladilar. Bugungi kunda TDSHIning Koreys filologiyasi kafedrasida Handong universitetining professori Hasung Baig koreys tilidan dars berib kelmoqda. Handung universiteti vakillari ikki OTM o’rtasida professor-o’qituvchilar hamda talabalar uchun almashinuv dasturlarini amalga oshirishdan mamnunligini bildirib, bu yo’nalishdagi aloqalarni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumga ko’ra OTMlar Koreyashunoslik fakultetini rivojlantirish, qo’shma fan dasturlarini yaratish, almashinuv dasturlarini yo’lga qo’yish hamda qo’shma ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga kelishib oldilar.

Uchrashuvdan so’ng Handong universiteti delegatsiyasi Koreyashunoslik fakulteti talabalari bilan uchrashib, ularga ma’ruzalar o’qidilar.

IMG_0460
IMG_0475
IMG_0480
IMG_0485
IMG_0505
IMG_0506
IMG_0501

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: