• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jamoasi qadimiy Samarqand shahriga sayohat qilishdi

03.01.2018, 09:41 Yangiliklar 3863

Yurtimiz milliy madaniy merosi bilan yaqindan tanishish hamda ichki turizm rivojida institutning munosib xissasini qo‘shish maqsadida bir guruh Toshkent davlat sharqshunoslik instituti professor-o‘qituvchilar jamoasi oila a’zolari bilan birgalikda azim va ko‘hna Samarqand shahriga tashrif buyurishdi.

Mazkur mazkur tashrif doirasida al-Buxoriy majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Registon ansambli, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning uy muzeyi, Bibixonim jome masjidi, Shohi Zinda ansabmliga tashrif buyurildi. Ushbu tarixiy obidalarning qurilishi, o‘ziga xos tarixi va albatta bizgacha chiroyli saqlanganligi ularga juda katta quvonch va faxr baxsh etdi. Shuningdek, boy tariximizdan, ota-bobolarimiz qoldirgan ma’naviy-madaniy merosimizdan g‘ururlanganligi va faxrlanganligini o‘z so‘zlari bilan ifodalab berdilar.

Zero, bunday tashriflarni ko‘plab amalga oshirish Vatanparvarlik tuyg‘usining shakllanishi va mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

photo_2018-01-05_09-53-14 photo_2018-01-05_09-53-11 photo_2018-01-05_09-53-08 photo_2018-01-05_09-53-02

Ma’naviyat va  ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: