TF Ligasi 4-tur natijalari. An’analar davom etmoqda
Dam olish kunlari “Tarix va falsafa fakulteti”da tashkil etilgan TF Ligasining navbatdagi 4-tur o’yinlari qiziqarli va gollarga boy tarzda bo’lib o‘tdi. Turni boshlab bergan o’yin “United of Philosophers” jamoasi turnir jadvalining so‘nggi pog’onasida borayotgan “Vostok” jamoasi bilan baxs yuritdi. “United of Philosophy” jamoasi 5:3 hisobida g’alaba qozondi. Mag’lubiyatsiz o’yinlarini davom ettirayotgan “Victory Arabic” (MOXT 1-kurs arab-nemis) jamoasi o’zidan bir pog’ona pastda borayotgan “Turon” (Falsafa 1-kurs arab-ingliz) jamoasi bilan bahs olib bordi va 3:1 hisobida g’alaba erishdi. Qiziq jihati shundaki, bu jamoa o’z an’anasiga sodiq qolgan holda raqib darvozasini bu safar ham 3 bora ishg’ol qildi.
Barqaror o’yin namoyish qila olmayotgan “Persian Tigers”(MOXT 2-kurs fors-ingliz) jamoasi bu turda peshqadamlarni izma-iz quvib kelayotgan “Shunqorlar” bilan bahs yuritdi. “Persian Tigers” jamoasi hisobda oldinda borayotganiga qaramasdan, yakunda 4:2 hisobida mag’lubiyatga uchradi. Bu g’alabadan so’ng “Shunqorlar” kuchli uchtalikka kirib oldi.
Kunning so’nggi o’yini haqiqiy gollar shousini uyushtirib berdi. Turnir jadvalini boshqarib borayotgan “O’qituvchilar” jamoasi turnir outsayderlari qatorida borishga majbur bo’layotgan “Everest” (1-kurs XMT) jamoasi bilan kurashdi. Jangovor tarkib bilan “Everest” jamoasi turnir peshqadamiga jiddiy qarshiliklar keltirdi. Ammo tajriba o’z so’zini aytgan holda O’qituvchilar jamoasi 7:4 hisobida g’alabaga erishdi.
Shuningdek hozirda 1-turda texnik mag’lubiyatga uchragan Shunqorlar jamoasi arizasi TF Ligasi tashkilotchilari tomonidan ko’rib chiqilmoqda. Agar ariza qabul qilinsa, turnir jadvalida jiddiy o’zgarish kutulmoqda. Ma’lumot uchun, 1-turda Shunqorlar jamoasi O’qituvchilar jamoasi bilan bahs olib borishi kerak edi va Shunqorlar kelmaganligi sababli ularga texnik mag’lubiyat yozilgan.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: