• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Tarix va falsafa fakultetida xalqaro bazalardan foydalanish bo’yicha seminar o’tkazildi

04.01.2019, 12:22 Uncategorized, Yangiliklar 2731

2019-yilning 4-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Tarix va falsafa fakulteti professor-o’qituvchilari uchun xalqaro bazalardan foydalanish bo’yicha seminar o’tkazildi. Seminarda institut Innovatsion markazi boshlig’i M.Qalandarov ishtirokchilarga Scopus, ScienceDirect, Ebsco, Web of Science xalqaro ilmiy bazalaridan foydalanish, kerakli ma’lumotlarni izlash, jurnallar faoliyati bilan tanishish, H-indeksni ko’tarish, yuqori impakt faktorli jurnallarda maqola chop ettirish masalalari haqida ma’lumotlarni taqdim etdi. Seminar davomida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va bazalarda ishlash bo’yicha malakaga ega bo’ldilar.

Ma’lumot o’rnida aytish lozimki, bugungi kunda ilmiy bazalar soni ko’p bo’lib, H-indeksi 4 ta baza:  elibrary.ru, scholar.google.com,   Webofscience.com va Scopus.com da beriladi. Eng yirik ilmiy bazalardan biri Scopus bo’lib, u ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalardagi iqtiboslarni kuzatib borishga mo’ljallangan bibliografik va referativ ma’lumotlar bazasi va instrumenti sanaladi. Ushbu bazada 5000 ta matbaa korxonalari tomonidan turli yo’nalishdagi 18000 nomdagi ilmiy jurnallar indekslanadi. Shuningdek ushbu bazada  ilmiy jurnallardan tashqari konferensiya materiallari va katta kitob nashriyotlari ham indekslanadi.

photo_2019-01-04_12-05-02

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: