• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sharqshunos olimlarimiz Hindistonda

13.03.2020, 15:01 Yangiliklar 2104

Joriy yilning 3-4 mart kunlari Hindistonning Haydarobod shahrida “Sharq ayollarining fors tili, adabiyoti, madaniyati va san’ati rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzuida bo‘lib o‘tgan Xalqaro konferensiyada «Sharq filologiyasi» tining «Eron-afg‘on filologiyasi» kafedrasi ustozlari – f.f.d., prof. A. Quronbekov va N. Xodievalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Xalqaro konferensiyada 12 davlatdan tashrif buyurgan fors tili, adabiyoti, san’ati bo‘yicha mutaxassislar O‘zbekistonlik olimlarning ma’ruzalarini yuqori baholashdi. Institut professori A. Quronbekovni faxriy mehmon sifatida e’tirof etib, konferensiyaning aziz mehmonlari qatorida kutib oldilar. Olimning “Gulbadanbegim va uning Humoyunnoma asari” mavzuidagi fors tilidagi ilmiy maqolasiga ilm ahli juda katta qiziqish bildirdi. Qizg‘in baxs-munozaralar natijasida konferensiya ishtirokchilari keyinchalik, A. Quronbekov bilan internet orqali bog‘lanib, ilmiy fikrlar almashishga kelishib oldilar.photo_2020-03-11_21-36-37 photo_2020-03-11_21-37-56

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: