• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sankt-Peterburglik olimning Toshkent davlat sharqshunoslik institutida o‘tkazgan ma’ruza va mahorat darslari

05.02.2019, 20:30 Yangiliklar 2513

Toshkent davlat sharqshunoslik institutining taklifiga binoan Sankt Peterburgdan mashhur eronshunos, arxeolog, lingvist-sug‘dshunos, hozirda Rossiya davlat Ermitajining sharq bo‘limi mudiri Pavel Borisovich Lure tashrif buyurdi. Uning ma’ruzalari, suhbatlari, va mahorat darslari talabalar, magistrantlar, doktorantlar va professor-o‘qituvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bundan tashqari ma’ruzada O’zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, sharqshunos olim A.Asqarov ham qatnashdilar.

Keng qamrovli mutaxassis sifatida P.B.Lurening, jahon madaniyatining mashhur xazinasi hisoblangan Davlat Ermitaji va uning ilmiy bo‘limlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzasi tinglovchilarda keng taasurot qoldirdi. Bundan tashqari, P.B.Lure Davlat Ermitaji Panjikent arxeologik ekspedisiyasining so‘nggi yillarda erishgan yutuqlari bo‘yicha bir nechta ma’ruzalar o‘qidi. Bu ekspedisiya 1946-yilda mashhur olim A.Y.Yakubovskiy tomonidan tashkil etilgan va hozirgi kunda ham o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. P.B.Lurening sug‘dshunoslik, xorazmshunoslik va arxeologiya, mintaqa tarixiy geografiyasi, Markaziy Osiyo mintaqasi aholisining etno-madaniy munosabatlari, tarixiy manbashunoslik sohasidagi ma’lumotlari juda qiziqarli bo‘ldi.

Markaziy Osiyo xalqlari tirixi va manbashunosligi kafedrasi

photo_2019-02-06_10-36-09 photo_2019-02-06_10-36-36 photo_2019-02-06_10-36-34 photo_2019-02-06_10-36-20 photo_2019-02-06_10-36-18 photo_2019-02-06_10-36-14 photo_2019-02-06_10-36-15 photo_2019-02-06_10-36-11

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: