Respublika onlayn fan olimpiadasi

Hurmatli talabalar! Joriy yil may oyida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Respublika onlayn fan olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. O‘tgan o‘quv yillar mobaynida universitetda talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan Respublika fan olimpiadasining universitet bosqichida 1-o‘rinni olgan talaba respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritardi. Mazkur yilda esa bakalavriat yo‘nalishida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin. Ushbu Respublika fan olimpiadasida ishtirok etuvchi barcha 1-4 kurs talabalari https://olimpiada.edu.uz/ saytidan ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Quyidagi xat ilovasida fanlar ro‘yxati keltirilgan.
Olimpiadada ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!!!!
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: