• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.

09.10.2018, 17:03 Yangiliklar 4371

2018 yil 9 oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlari o‘rtasida “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” shiori ostida davra suxbati bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor I.N.Bekmuratov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi Aliev Jamshid Ravshanovich, TDShI “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri U.Y.Idirov, dekanlar va ularning muovinlari, professor-o‘qituvchilar va 300 nafar talabalar ishtirok etdilar. Tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta’minlash, turli buzg‘unchi va vayronkor g‘oyalardan asrash, ularni turli ekstremistik oqimlarga qo‘shilib ketishining oldini olish, turli axborot xurujlari, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi murosasiz bo‘lishga chorlash hamda yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan.

Ma’ruzachilar bugungi kunda yon atrofimizda ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, «ommaviy madaniyat», din va vijdon erkinligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdilar. Hozirgi kunda ayrim yoshlarimiz orasida bilib bilmay o‘zga g‘oyalar ta’siriga tushib qolmoqda. Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni vatanga sadoqat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lishi, odamiylik ruhida tarbiyalash har birimizning eng oliy maqsadimiz ekanligini ta’kidladilar.

Davra suhbati baxs-munozaralarga boy o‘tdi, unda talabalar o‘zlarining fikr va muloxozalari bilan faol qatnashdilar. Ma’ruzachilar yig‘ilganlarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berdilar.

photo_2018-10-05_20-37-44 photo_2018-10-09_16-17-08 (2) photo_2018-10-09_16-17-08 photo_2018-10-09_16-17-09

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: