• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi

07.01.2018, 13:45 Yangiliklar 4255

Joriy yilning 6-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasini o‘rganish, undan kelib chiqadigan vazifalar hamda institut jamoasi oldida turgan vazifalar bo‘yicha yig‘ilish bshlib o‘tdi. Unda institutning barcha professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishni institut rektori professor A.Mannonov ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi nafaqat Respublikamizda balki dunyo siyosatchilari tomonidan keng o‘rganib kelinayotganligi, haqiqatdan ham mazkur murojaatnomada bayon etilgan fikrlar, rejalar, mamlakatimiz taraqqiyotini xalqimiz faravonligini yanada yuksak bosqichlarga ko‘tarishga bevosita xizmat qilishiga hamda murojaatnomadagi vazifalardan kelib chiqqan holda institut professor-o‘qituvchilari oldida turgan asosiy vazifalarni batafsil bayon qilib berdi. Shundan so‘ng so‘zga siyosiy fanlar doktori professor R.Jumayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasining mazmun-mohiyati va maqsad vazifalari haqida to‘xtalib, yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berib o‘tdi. Mazkur murojaatnoma institutning fakultet va kafedralari kesimida o‘rganish davom etmoqda.

photo_2018-01-06_17-40-21 photo_2018-01-06_17-40-28 photo_2018-01-06_17-40-30

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: