• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

28.02.2019, 12:00 E'lonlar 2701

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 172-son qarori bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Jamg‘armaga vazirlik va oliy ta’lim muassasalarining rektorlari va mas’ul xodimlaridan iborat tarkibda shakllantiriladigan Kengash rahbarlik qiladi. Kengash jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash uchun mas’ul hisoblanadi. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarda yo‘naltiriladi:

  • o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish, chop etish va oliy ta’lim muassasalari kitob fondini to‘ldirishga;
  • o‘quv binolari, talabalar turar joylari, sport inshootlari va boshqa infratuzilma ob’ektlarida qurilish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga;
  • axborot-kommunikatsiya, multimedia va tarmoq qurilmalari, texnikalari, vositalari hamda dasturiy ta’minotlarni xarid qilishga;
  • o‘quv va ilmiy laboratoriyalarni zarur materiallar va butlovchi qismlar bilan ta’minlashga;
  • xorijning yetakchi olim, professor-o‘qituvchi va mutaxassislarini o‘quv va ilmiy-metodik jarayoniga jalb etishga;
  • oliy ta’lim tizimida ta’lim va ilm-fan jarayonini isloh qilish va takomillashtirish maqsadlarida xorijiy ekspert va konsultantlarni jalb etishga;
  • mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritishda faollik ko‘rsatgan oliy ta’lim muassasalarining rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilarini moddiy rag‘batlantirishga;
  • professor-o‘qituvchilar yoki talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash va rag‘batlantirish va boshqalarga.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: