• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Koreyashunoslik fakultetida “Koreyada tadbirkorlik va start-uplar” mavzusida ochiq ma’ruza tashkil etildi

31.10.2018, 15:30 Yangiliklar 3067

2018-yilning 30-oktabr kuni Toshkent Davlat sharqshunoslik institutining Koreyashunoslik fakulteti “Koreya iqtisodiyoti va siyosati” ta’lim yo’nalishi talabalari uchun Koreya xalqaro tadqiqotlar universiteti (Korea University of International Studies) prorektori, professor Li Sung Vook ishtirokida  “Koreyada tadbirkorlik va start-uplar” mavzusida ochiq ma’ruza tashkil etildi.

Ma’ruzada Koreyashunoslik fakulteti rahbariyati, Koreya iqtisodiyoti va siyosati kafedrasi professor o’qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.  Ochiq ma’ruza davomida professor Li Sun Vook Koreya Respublikasida tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlash, mamlakat innovatsiya siyosati doirasida start-up loyihalarini amalga oshirish, yuqori texnologik sohalarda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda yaratilgan imkoniyatlar, mamlakatda fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasi, mamlakat innovativligining asosiy sabablari va O’zbekiston milliy innovatsion tizimini takomillashtrishda Koreya Respublikasi tajribasidan foydalanish imkoniyatlari haqida to’xtalib o’tdi. Ma’ruza o’qituvchi va talabalarda katta qiziqish uyg’otib, savol javoblarga boy bo’ldi. Koreyashunoslik fakulteti professor-o’qituvchilari ham ochiq ma’ruza davomida mamlakatimizda innovatsion sohalarni rivojlantirishda Koreya Respublikasi tajribasidan foydalanish masalalari haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Ma’lumot o’rnida aytib o’tish lozimki, Koreya Respublikasi jahonning innovastion jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri bo’lib, bir necha yillardan beri Janubiy Koreya Bloomberg Innovation Indexda yetkachilik qilib kelmoqda. Shuningdek, mamlakat venchur kapital hajmi hamda amalga oshirilayotgan start-up loyihalari miqdori bo’yicha ham yetakchilardan biri sanaladi.

photo_2018-10-31_00-51-53 photo_2018-10-31_00-51-57 photo_2018-10-30_19-16-20

photo_2018-10-31_00-52-04 photo_2018-10-31_00-52-06 photo_2018-10-31_00-52-08

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: