• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Doktorantura

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETIDAGI DOKTORANTURA, TAYANCH DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIK YO‘NALISHLARI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlagan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilik asosida oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlanadi:

07.00.03 Jahon tarixi
07.00.08 Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari
08.00.01 Iqtisodiyot nazariyasi
08.00.09 Jahon iqtisodiyoti
09.00.03 Falsafa tarixi
10.00.05 Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti
10.00.06 Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
10.00.10 Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik
23.00.02 Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar
23.00.04 Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari

TDSHUDA DOKTORANTURA, TAYANCH DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA QABUL QILISHNING ASOSIY SHARTLARI

Tayanch doktoranturagava mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning hujjatlari 15-sentabrdan 15-oktabrgacha qabul qilinadi.  O‘qish muddati uch yil. Tayanch doktoranturaga qabul TDSHUda tashkil etiladigan maxsus komissiya tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi. Talabgorlar kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra belgilangan tartibda tanlab olinadi. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qonun hujjatlariga va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Tayanch doktoranturaga kiruvchi shaxs quyidagi talablarga javob berishi kerak:
–    Oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi, yoki magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;

–    muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida 1 ta ilmiy maqolaga va ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari to‘plamlarida, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan 2 ta tezisga ega bo‘lish;

TAYANCH DOKTORANTURAGA TALABGOR QUYIDAGI HUJJATLARNI TOPSHIRADI:

  1. Ariza;
  2. Biografik ma’lumotnoma;
  3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi; (ishlayotgan talabgorlar uchun)
  4. Oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi, yoki magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi (Doktorantura (DSc) uchun fan nomzodi ilmiy darajasiga egalik to’g’risidagi diplom);
  5. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislar), shuningdek ularning nusxalari;
  6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Mustaqil izlanuvchilikka kiruvchi shaxs quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak:
–    kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lish;
–    bakalavr yoki magistr diplomiga yoxud fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki magistr darajasi joriy etilgungacha olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish (Doktorantura (DSc) uchun fan nomzodi ilmiy darajasiga egalik to’g’risidagi diplom);
–    muayyan ilmiy yutuqlarga, fan doktori darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil etishi mumkin bo‘lgan (ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida 1 ta ilmiy maqolaga, ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari to‘plamlarida, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish;

Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  1.  Ariza;
    2.    Ish joyidan tavsifnoma;
    3.    Ma’lumotnoma;
    4.    bakalavr yoki magistr diplomiga yoxud fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki magistr darajasi joriy etilgungacha olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish (Doktorantura (DSc) uchun fan nomzodi ilmiy darajasiga egalik to’g’risidagi diplom);
    5.    Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
    6.    Ilmiy ishlar va ilmiy hisobotlar (patentlar) ro‘yxati.

Doktorantura, tayanch doktoranturaga va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilinadigan bakalavr, magistr va fan nomzodi ixtisosligi yo‘nalishi oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ixtisosligi mansub bo‘lgan fan sohasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Ixtisosliklar muvofiq bo‘lmaganda yoki oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni fanning turdosh sohalarida olish rejalashtirilgan hollarda talabgorlar OAK hamda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan tartibda qo‘shimcha imtihonlar topshirishi kerak.

 

 

 

25.06.2020, 13:07 8656

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: