“Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning innovasion omillari: xorijiy mamlakatlar tajribasi, imkoniyatlar va istiqbollar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 28-fevraldagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalarida 2019-yilda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 205-sonli buyrug‘iga binoan 2018-yil 20-aprelda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tomonidan “Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning innovasion omillari: xorijiy mamlakatlar tajribasi, imkoniyatlar va istiqbollar” mavzusida respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Anjumanda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda innovasion omillardan samarali foydalanishning ilmiy, nazariy va uslubiy asoslari, O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning innovasion omillaridan foydalanish holati va istiqbollari, kichik va xususiy tadbirkorlik rivojlanishida innovasion omillarning o‘rni va roli, xorijiy Sharq mamlakatlarining barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda innovasion omillardan foydalanish tajribasi va uni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari kabi masalalar muhokama qilindi.
Anjumanning yalpi majlisida qo‘yidagilar ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashdilar:
- Jahondagi innovatsiya siyosatini amalga oshirish tajribasidan O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda foydalanish imkoniyatlari. Vaxabov A.V. – i.f.d.,O‘zMU professori
- O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda innovasion omillardan foydalanish. To‘xliev N.T. – i.f.d., TDSHI professori
- Qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish samarali iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning muhim omili. Rasulov T.S. – i.f.d., ToshDShI professori
- Milliy sanoatni innovasion rivojlantirishning institusional muammolari. Xolmatov N.B. – i.f.n., ToshDShI doktoranti
- Institusionalnie usloviya modernizasii i ustoychivogo rosta ekonomiki Respubliki Uzbekistan. Kamilova M.X. – i.f.n. TDSHI, kafedra mudiri.
Ilmiy-amaliy anjumanga kelib tushgan 100 dan ortiq maqolalarning 70 ga yaqini tanlab olindi va konferensiya materiallari asosida nashr etilgan to‘plamga kiritildi.
“Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti”
Sh.J. Ermamatov
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: