• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Azamat Ziyo: Sharqshunoslik sohasini rivojlantirishimiz kerak

21.02.2019, 17:37 Yangiliklar 2936

Ma’lumki, bu yil mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon — parlamentga saylovlar yili bo‘ladi. Shu munosabat bilan respublikamizda mavjud siyosiy partiyalar fuqarolar bilan yaqindan muloqot qilish, ularning muammolari, taklif va tavsiyalari bilan tanishish, o‘z saylov oldi dasturlarini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida aholi o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini faollashtirib, turli uchrashuvlar, davra suhbatlarini tashkil etmoqdalar. Shu kabi tadbirlardan biri 2019-yilning 21-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida o‘tkazildi. O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining vakillari: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, parlament quyi palatasidagi O‘zMTDP fraksiyasi a’zosi, tarix fanlari doktori, professor Azamat Ziyo, O‘zMTDP Markaziy Kengashi raisining xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Feruza Maxamadjonova, O‘zMTDP Mirobod tumani kengashi raisi Mohir G‘aniyev TDSHIga institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilari orasida partiya faoliyatini targ‘ib qilish, ular bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashrif buyurdi.

Tadbirni institut rektori, professor A.Mannonov kirish so‘zi bilan ochib berib, institut dotsenti G.Rixsiyevaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi etib saylangani bilan institut jamoasi nomidan muborakbod etdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Azamat Ziyo so‘zga chiqib partiya faoliyati, partiyaning oldiga qo‘ygan asosiy maqsad va vazifalari haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirish, ilmiy tafakkurni shakllantirish, ilmiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lgan insonlarni har tomonlama rag‘batlantirish, ayniqsa yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash, xususiy ta’limni rivojlantirish, ilmiy darajalar berish mexanizmini takomillashtirish haqida so‘z yuritdi. “Bugungi kunda sharqning ko‘pgina mamlakatlari ilm-fan, innovatsiyalar va yuqori texnologik sohalarning rivojlanganlik darajasi bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilib kelmoqda. Shu bilan birga sharq jahon sivilizatsiyasi o‘chog‘i sifatida doimo ulug‘lanib keladi. Shunday ekan sharq mamlakatlarini yanada chuqur o‘rganishimiz, sharqshunoslik sohasini rivojlantirishimiz, maktablarda sharq tillarini o‘qitish masalalarini ko‘tarishimiz kerak” deya qayd etdi.

Uchrashuv davomida O‘zMTDP Markaziy Kengashi raisi Feruza Maxamadjonova ham so‘zga chiqib partiyaning xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berdi.

Tadbir davomida institut professor-o‘qituvchilari partiya vakillariga savollar hamda taklif va tavsiyalar bilan murojaat qilishdi. Keng ommaning sharq mamlakatlari haqida bilim va dunyo qarashlarini oshirish maqsadida sharqshunoslik bilan bog‘liq ko‘rsatuvlar hamda radio eshittirishlar tashkil etish masalalari muhokama etildi.

photo_2019-02-21_18-32-21photo_2019-02-21_18-32-23 (2)photo_2019-02-21_18-32-23photo_2019-02-21_18-32-24 (2)photo_2019-02-21_18-32-24 (3)photo_2019-02-21_18-32-24photo_2019-02-21_18-32-25 (2)photo_2019-02-21_18-32-25photo_2019-02-21_18-32-26photo_2019-02-21_18-32-27 (2)photo_2019-02-21_18-32-27photo_2019-02-21_18-32-28 (2)photo_2019-02-21_18-32-28photo_2019-02-21_18-32-29 (2)photo_2019-02-21_18-32-29photo_2019-02-21_18-32-30photo_2019-02-21_18-32-31 (2)photo_2019-02-21_18-32-31photo_2019-02-21_18-32-32photo_2019-02-21_18-32-26 (2)

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: