“9-may Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Kapitan Radjabov Mamadamin Kurbovich xonadoniga tashrif
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3667-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik institutida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.
Mazkur rejada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va ikkinchi jahon urushi fahriylari holidan xabar olish hamda ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida institut rektori boshchiligida “Jahon siyosati, tarix va falsafa” fakulteti professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi vakillaridan iborat guruh ikkinchi jahon urushi fahriysi Kapitan Radjabov Mamadamin Kurbovich xonadoniga sovg‘a-salomlar bilan tashrif buyurdi.
Tashrif chog‘ida Radjabov Mamadamin ota mehmonlar bilan dildan suhbat qurib, urush voqealari, janggohlarda ko‘rgan-kechirganlari, urush va urushdan keyingi yillarning azob-uqubati to‘g‘risida so‘zlab berdi. Hozirgi tinch-osoyishta va farovon hayotimizning qadriga yetish, tinchlikni asrab-avaylash hamda olib borilayotgan islohotlarga munosib hissa qo‘shish kerakligida talaba-yoshlarga o‘zining dono maslahatlarini berdi.
Tashrif “Mahalla” telekanali orqali tasvirga olindi va televideniyada namoyish etilishi belgilandi.
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: