Turkiy tilli yoshlar mushoirasi
2018-yilning 16-noyabr kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Samarqandda o‘tkazilgan “Samarqand she’r oqshomlari” turkiy tilli yoshlar anjumani qatnashchilari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid ochib berdi va anjuman ishtirokchilarini muborakbod etib, qardosh xalqlar vakillarini yurtimizda ko‘rib turganidan mamnunligini bildirdi. Shuningdek, bunday adabiy aloqalar kelajakda ijodiy hamkorlikning yanada mustahkamlanib, kengayib borishiga zamin yaratishini ta’kidladi.
Mazkur tadbirda institutimizning Sharq filologiyasi fakultetining 50 nafarga yaqin talabalari ham ishtirok etib, ishtirokchilar o’rtasidagi qizg’in mushoiraning guvohi bo’lishdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: