• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik institutidagi doktorantura yo‘nalishlari

20.09.2017, 00:54 Uncategorized 3961

Toshkent davlat sharqshunoslik institutidagi doktorantura yo‘nalishlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlagan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik institutida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun – tayanch doktorantura, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun –  doktorantura va mustaqil izlanuvchilik asosida oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlanadi:

07.00.03 Jahon tarixi.
07.00.08 Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari.
07.00.09 Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi.
23.00.04  Ijtimoiy-siyosiy institutlar va jarayonlar tarixi.
08.00.09 Jahon iqtisodiyoti.
10.00.05 Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti.
10.00.06 Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
10.00.10 Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik.

TDSHIda doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilishning asosiy shartlari

Tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning hujjatlari 15-sentabrdan 15-oktabrgacha qabul qilinadi.
O‘qish muddati uch yil.
Doktoranturaga qabul TDSHIda tashkil etiladigan maxsus komissiya tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi. Tayanch doktoranturaga talabgorlar kirish imtihonlari,  doktoranturaga esa – suhbat natijalariga ko’ra belgilangan tartibda tanlab olinadi.
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qonun hujjatlariga va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga kiruvchi yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
–    magistr darajasi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo’yicha) to’g’risidagi diplomga ega bo’lishi;
–    muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida 1 ta ilmiy maqolaga va ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari to‘plamlarida, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida fan doktori ilmiy darajasi olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan 2 ta tezisga ega bo‘lish;
–    xorijiy tilni magistratura bitiruvchisining tegishli darajasida bilish;
–    zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan Internetdan foydalana olish.
Doktoranturaga talabgor quyidagi hujjatlarni topshiradi:
1.    Ariza;
2.    Ma’lumotnoma;
3.    Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
4.    OTM magistraturasi diplomi yoki O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi, IIV akademiyasi yoki MXX ta’lim muassasasining magistratura diplomiga tenglashtirilgan diplomi yoxud fan nomzodi diplomi yoki magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
5.    Tadqiqot mavzusi bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ma’ruza va doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
6.    Ilmiy jurnallarda va nashrlarda e’lon qilingan ilmiy maqolalar (kamida uchta), ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari to‘plamlariga fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotining asosini tashkil etishi mumkin bo‘lgan tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha boshqa ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan tezislar (kamida ikkita) ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
7.    Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga layoqatini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan test sinovidan o‘tganligini tasdiqlovchi OAK hujjati nusxasi;
8.    Yetakchi olimlardan birining uni ilmiy konsultant sifatida belgilashga yozma roziligi. Bunda tavsiya etilgan mavzular bazasidan tanlab olingan mavzu bo‘yicha ushbu mavzuni taklif etgan yetakchi olim ilmiy konsultant bo‘lishi mumkin.
9.    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Mustaqil izlanuvchilikk kiruvchi shaxs quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak:
–    kamida besh yillik amaliy ish stajiga ega bo‘lish;
–    bakalavr yoki magistr diplomiga yoxud O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi yoki Milliy xavfsizlik xizmati oliy harbiy ta’lim muassasalari diplomiga yoxud fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki magistr darajasi joriy etilgungacha olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;
–    ilmiy izlanishlar va ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish layoqatiga ega bo‘lish;
–    muayyan ilmiy yutuqlarga, fan doktori darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil etishi mumkin bo‘lgan (ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida 3 ta ilmiy maqolaga, ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari to‘plamlarida, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish, va/yoki tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ixtiroga yoki seleksiya yutug‘iga bitta yoki undan ko‘p patentga muallif (hammuallif) bo‘lish va/yoki tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-texnologik ishlanmalarda qatnashganlik;
–    xorijiy tilni magistratura bitiruvchisining tegishli darajasida bilish;
–    zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan Internetdan foydalana olish.
Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni topshiradi:
1.    Ariza;
2.    Ish joyidan tavsifnoma;
3.    Ma’lumotnoma;
4.    Oliy ta’lim yoki fan nomzodi to‘g‘risidagi diplomning nusxasi;
5.    Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
6.    Talabgorning ilmiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatga layoqati yuzasidan test sinovidan o‘tganligini tasdiqlovchi OAK hujjatining nusxasi;
7.    Ilmiy ishlar va ilmiy hisobotlar (patentlar) ro‘yxati.

Doktoranturaga va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilinadigan bakalavr, magistr va fan nomzodi ixtisosligi yo‘nalishi oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ixtisosligi mansub bo‘lgan fan sohasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Ixtisosliklar muvofiq bo‘lmaganda yoki oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni fanning turdosh sohalarida olish rejalashtirilgan hollarda talabgorlar OAK hamda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan tartibda qo‘shimcha imtihonlar topshirishi kerak.

Doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) hamda mustaqil izlanuvchilikka qabul

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: