• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xitoyshunoslik fakultetida “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokidagi profilaktik tadbir

15.12.2017, 18:40 Yangiliklar 3768

Joriy yilning 14-dekabrida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xitoyshunoslik fakultetida “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokidagi profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Mirobod tuman prokurori yordamchisi, leytenant Z.Shoumarova, institut Ma’naviyat va ma’rifat  bo‘limi boshlig‘i J.Shabanov, “Xitoyshunoslik” fakulteti ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan muovini I.Xudoynazarov, fakultet “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi M.Shamsiddinov va institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Tadbirni “Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi” boshlig‘i J.K.Shabanov olib borib, profilaktik tadbir ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilganini, 2017-yil 22-noyabridan 22-dekabriga qadar o‘tkazilayotgan “Yoshlar o‘rtasida mafkuraviy immunitetni kuchaytirish oyligi” rejasiga muvofiq o‘tkazilayotganini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng so‘z Mirobod tuman prokurori yordamchisi Zarina Shoumarovaga berildi. Zarina Shoumarova 2017-yil 3-yanvarda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tasdiqlangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” Qonuni va uning 34 ta moddasi mohiyati bilan talabalarni tanishtirdi. Jumladan, ushbu qonunning maqsadi, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari, korrupsiyaga qarshi kura­shish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalar faoliyati, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlar, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya (18-modda), davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik mazmuni va mohiyati haqida alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng voyaga yetmaganlarning jazoni o‘tash muassasalaridagi holati, ularning pushaymon bo‘lib qilgan jinoyatlari oqibatida umri zavol bo‘lgani haqidagi intervyularidan iborat hujjatli film namoyish etildi. Hujjatli film tugagandan so‘ng muxokama va talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi. Mutaxassis Zarina Shoumarova talaba-yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berdilar.

kor009 kor010 kor011 kor012

Ma’naviyat va ma’rifat  bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: