• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabalari qadimiy Xiva shahriga sayohat qilishdi

04.01.2018, 15:38 Yangiliklar 4078

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabalari “Ochiq osmon osti muzeyi”, “Sharq gavhari” deb nom berilgan qadimiy va navqiron Xiva shahriga tashrif buyurib, u yerdagi muqaddas qadamjolar, noyob tarixiy va arxeologik obidalarni ziyorat qildilar. Sayohat Ichan-Qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida “Ota darvoza”, “Juma masjid”, Muhammad Rahimxon Feruz madrasasi, Paxlavon Mahmud maqbarasi, Muhammad Muso Al-Xorazmiy haykali, Olloqulixon saroyi (Ko‘hna ark majmuasi), Islomxo‘ja minorasi, Tosh hovli, shuningdek, boshqa bir qator muhtasham obidalarda bo‘lib o‘tdi. Talabalar Matniyoz Devonbegi madrasasida, Isfandiyorxon qabul marosimlari uyi va Xorazm xunarmandchiligi na’munalari bilan yaqindan tanishdilar. Bular talabalarning o‘rinli xayratlariga sabab bo‘ldi va ularning buyuk tariximizdan fahr va g‘urur tuyg‘ularining yuksalishiga xizmat qildi.

photo_2018-01-05_09-38-46 photo_2018-01-05_09-38-56 photo_2018-01-05_09-38-59 photo_2018-01-05_09-39-17 photo_2018-01-05_09-39-23 photo_2018-01-05_09-39-29

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: