TOʻLOV-KONTRAKTNI TOʻLASH MUDDATI UZAYTIRILDI
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining2018 yilda 17 sentyabrdagi 9-sonli bayoniga muvofiq respublika oliy taʼlim muassasalariga 2018/2019 oʻquv yilida bakalavriat va magistraturaga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun bazaviy kontrakt miqdorining birinchi yarmini toʻlash muddati 2018 yilning 30 sentyabriga qadar uzaytirildi.
Shuningdek, mazkur bayon bilan kirish imtihonlari natijasi boʻyicha yetarli ball toʻplamagan vaoshirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarga toʻlov-kontrakt shartlarini bajarishning oxirgi muddati 2018 yil 31 oktyabr etib belgilandi.
Manba: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: